Skip to content

Dasturlar xaritasi ​

M-PRINT bitta server atrofida ishlaydigan bir nechta dasturdan iborat. Hammasi bitta bazaga ulangan: menejer zakaz kiritsa, dizayner, omborchi va sexdagi planshet uni darhol o‘z ekranida ko‘radi.

DasturKim ishlatadiQayerda ishlaydiAsosiy vazifasi
CRM (adminka)Rahbar, administrator, bosh menejer, HRBrauzer: crm.m-print.uzHodimlar, rollar, sozlamalar, modullar, hisobotlar
MENEJERMenejer, bosh menejer, omborchiWindows, LinuxZakaz qabul qilish va narx hisoblash
DIZAYNERDizaynerWindows (yoki brauzerda /draw)Maket va pichoq chizmasi
OMBOR va kassaOmborchi, kassirWindows, LinuxOmbor qoldig‘i, kirim-chiqim, pul kassasi
ISHLOVSexdagi operatorAndroid planshetStanokdagi ishni boshlash va yakunlash
STANOKStanok operatoriAndroid terminalStanok hisoblagichi va navbati
HODIMBarcha xodimlarAndroid, iPhoneDavomat, oylik, xabarlar
BUXGALTERIYABuxgalterWindows, LinuxPul harakati, bank, qarzlar
ADMINISTRATSIYARahbarWindows, macOS, LinuxRahbar paneli: davomat, qarz, ombor
KAMERAAdministratorKameralar ulangan kompyuterKameralarni CRM'da jonli ko‘rsatish

Qaysi dasturdan boshlash kerak

Yangi xodim avval HODIM ilovasini o‘rnatadi (davomat uchun), keyin o‘z ishiga mos dasturni. Dasturlarni Yuklab olish sahifasidan olasiz.

Hammasi qanday bog‘langan ​

  1. Menejer MENEJER'da zakazni hisoblaydi va mijoz bilan tasdiqlaydi.
  2. Zakaz dizaynerga tushadi (yoki «Dizaynerga bormasin» belgilansa — to‘g‘ri omborga).
  3. Dizayner maketni tasdiqlagach zakaz omborchiga keladi: u kerakli qog‘ozni beradi.
  4. Material berilgach zakaz sexga — ISHLOV va STANOK planshetlari navbatiga — tushadi.
  5. Oxirida upakovka qilinadi, omborchi qabul qiladi va zakaz mijozga topshiriladi.
  6. Pul kassa (OMBOR'dagi kassir bo‘limi) va BUXGALTERIYA orqali yuritiladi; rahbar hammasini ADMINISTRATSIYA va CRM da ko‘radi.

Batafsil: Zakazning yo‘li.

M-PRINT — bosmaxona boshqaruv tizimi