Skip to content

ADMINISTRATSIYA — rahbar paneli ​

ADMINISTRATSIYA — rahbarning kompyuter dasturi. Unda pul, zakazlar, davomat, mijozlar qarzi, ombor va xodimlar bo‘yicha barcha ko‘rsatkichlar bitta joyda: ochasiz, oy tanlaysiz, kerakli bo‘limga kirasiz. Jadvallarni Excel yoki PDF qilib yuklab olish mumkin.

Umumiy tahlil

Rasmlar haqida

Rasmlar sinov ma’lumotlari bilan olingan.

Kimlar uchun ​

RolNima ko‘radi
Bosh administrator, rahbar (direktor)Barcha bo‘limlar
Bosh menejer, BM talabnomalari mas’uliFaqat «BM talabnomalari» sahifasi (tasdiqlash, zavodga yuborish)
Boshqa xodimlar«Bu dastur faqat rahbar uchun» xabari

O‘rnatish va kirish ​

  1. Yuklab olish sahifasidan ADMINISTRATSIYA'ni oling: Windows, macOS yoki Linux.
  2. O‘rnating va oching (Windows'da ish stolida yorliq paydo bo‘ladi).
  3. CRM login va parolingiz bilan kiring.

Dastur CRM'ning rahbar sahifasini alohida oynada ochadi, shuning uchun internet kerak. Brauzerda ham ochsa bo‘ladi: crm.m-print.uz/rahbar.

Ekran tuzilishi ​

  • Chap menyu — bo‘limlar guruhlarga ajratilgan. Yuqoridagi uch chiziq belgisi menyuni kengaytiradi yoki faqat belgilar holatiga qaytaradi.
  • Yuqori panel — sahifa nomi, qidiruv (ism, raqam, mahsulot), oy va yil tanlash, qo‘ng‘iroqcha (tafovutlar soni qizil raqam bilan).
  • Imzo kutayotgan talabnoma bo‘lsa, yuqorida «Imzo kutmoqda: N» tugmasi chiqadi.
  • Har jadval ostida sahifalash (25 / 50 / 100 qator) va jadval ustida Excel / PDF tugmalari.

Bo‘limlar ​

Tahlil ​

Bo‘limNima bor
Umumiy tahlilKirim, chiqim, farq, mijozlar qarzi, ochiq va kechikkan zakazlar, stanokdagi ishlar, bugun ishda va kechikkanlar, ombor qiymati; kun, hisob va kassir bo‘yicha jadvallar
TafovutlarTizim topgan nomuvofiqliklar: kassa smenasida kamomad yoki ortiqcha, inventarizatsiya farqi, manfiy ombor qoldig‘i, minimaldan kam qoldiq va boshqalar. Qizil — darhol ko‘rish kerak, sariq — e’tibor bering
Tannarx va foydaZakazlar bo‘yicha tannarx va foyda
Dasturlardan foydalanishQaysi dastur va funksiyadan bugun yoki tanlangan davrda kim qancha foydalandi, qaysi funksiyalar umuman ishlatilmadi

Pul ​

Kirim va chiqim, Oyliklar, Avanslar, Kassirlar (smenalar, kassa sanoqlari), Ta’sischilar, Buxgalteriya, «O‘zgartirish kiritildi» (yozuvlarga kiritilgan o‘zgarishlar tarixi). Kirim-chiqim qatoridan chekni ochish mumkin.

Ishlab chiqarish va xodimlar ​

Zakazlar va ishlar, Davomat, Xodimlar, Qo‘ng‘iroqlar, Qarzdorlar, Yillik shartnomalar, Menejerlar daromadi, Zakaz bonuslari, Xodimlar oyliklari, Kameralar.

Ombor ​

Ombor (qoldiq), Ombor tahlili, Naqladnoylar, BM talabnomalari, Talabnomalar (eski), BM qoldig‘i, Inventarizatsiya.

BM hisoblari ​

Umumiy hisoblar, BM puli, Foyda va xarajat, Material (ofset, fleksa), Talabnoma qarzi, Mijozlar daftari, Qarzga material, Material sarfi.

Firmalar va muhr ​

Firma rekvizitlari va muhr rasmi (hujjatlarda ishlatiladi).

Davomat jurnali — qadamma-qadam ​

Davomat jurnali

  1. Chap menyuda «Davomat» ni bosing. «Jurnal» yorlig‘i ochiladi.
  2. Oy tanlagichda kerakli oyni tanlang (‹ › bilan oldingi/keyingi oy).
  3. Jadvalda har xodim — bitta qator, har kun — bitta katak:
BelgiMa’nosi
yashil ✓Keldi, o‘z vaqtida
sariq ✓Keldi, kechikdi
qizil ×Kelmadi
bo‘sh, soyali ustunYakshanba
bo‘shHali kelmagan kun yoki xodim ishga kirmagan sana
  1. O‘ngdagi ustunlar: KELDI (kelgan kunlar), KECH. (kechikkan kunlar), SOAT (oy bo‘yicha jami ishlagan soat).
  2. Pastki uch qator — har kun bo‘yicha nechta keldi, kech qoldi, kelmadi.

Jurnalda kimlar bor

Jurnalda faqat davomat qiladigan xodimlar turadi: ish obyektiga biriktirilgan yoki so‘nggi 60 kunda kamida bir marta davomat qilgan faol xodimlar. Administrator (super admin) va direktor hisoblari, hech qachon davomat qilmaydigan hisoblar «kelmadi» deb sanalmaydi. Oy ichida kelgan har bir xodim esa baribir ko‘rinadi.

  1. Katak ustiga sichqonchani olib borsangiz: kelgan va ketgan vaqt, ishlagan soat, kechikish.
  2. Xodim qatorini bossangiz, o‘ngda xodim kartasi ochiladi.

Filtrlar:

  • Sana ro‘yxatidan bitta kunni tanlang (yoki jadval sarlavhasidagi kun raqamini bosing) — yuqorida o‘sha kun uchun kartalar chiqadi: keldi (necha kishidan), kech qoldi, kelmadi, o‘z vaqtida keldi.
  • Ko‘rsatish: Hamma xodimlar / Kelganlar / Kech qolganlar / Kelmaganlar.
  • Yuqori paneldagi qidiruv — xodim ismi bo‘yicha.

«Batafsil» yorlig‘ida — har kun har xodim alohida qator: keldi, ketdi, ishladi, kechikish va qo‘shimcha vaqt; yuqorida jami ishlagan, kechikish va qo‘shimcha vaqt. «Faqat kechikkanlar» belgisi ro‘yxatni qisqartiradi. Hisoblash qoidalari — Davomat formulalari.

Qarzdorlar ​

Qarzdorlar

  1. «Qarzdorlar» ni oching.
  2. Yuqoridagi tugmalar: Hammasi, Muddati o‘tgan, Yaqin 3 kun.
  3. Kartalarda: qarzdorlar soni, jami qarz, muddati o‘tganlar soni.
  4. Jadvalda: mijoz (telefon, zakazlar soni), qarz, to‘lov muddati («12 kun o‘tdi» — qizil, yaqinlashgani — sariq), oxirgi qo‘ng‘iroq (kim, qachon, natijasi) va keyingi qo‘ng‘iroq sanasi.
  5. Qatorni bossangiz mijoz kartasi ochiladi: qarzli zakazlar ro‘yxati va qo‘ng‘iroqlar tarixi.

Qo‘ng‘iroqlar ​

Menejerlarning mijozlarga qilgan qo‘ng‘iroqlari (HODIM ilovasidan): kim, kimga, qachon, qancha gaplashdi, natija va izoh. Oy va xodim bo‘yicha filtr, jami gaplashilgan vaqt.

Ombor ​

«Ombor» — materiallar qoldig‘i va qiymati. «Ombor tahlili» — sarf va harakatlar tahlili. «Inventarizatsiya» — sanoq natijalari. Ombor qoldig‘i qanday hisoblanishi — Ombor qoldig‘i.

Dasturlardan foydalanish ​

  1. «Dasturlardan foydalanish» ni oching.
  2. Davrni tanlang (standart — so‘nggi 7 kun).
  3. Har dastur uchun: necha marta ishlatilgan, nechta xodim, funksiyalarning necha foizi ishlatilgan.
  4. Pastda — ishlatilmagan funksiyalar ro‘yxati. Bu xodimlar qaysi imkoniyatni bilmasligini ko‘rsatadi.

Kameralar ​

Kameralarni jonli ko‘rish — KAMERA sahifasida batafsil.

Maslahat

Har qanday jadvalni rahbar yig‘ilishiga olib borish uchun jadval ustidagi Excel yoki PDF tugmasini bosing — tanlangan filtrlar bo‘yicha barcha sahifalar yuklanadi.

M-PRINT — bosmaxona boshqaruv tizimi