Skip to content

Tizim sozlamalari va rollar ​

Kim uchun: faqat super administrator.

Tizim sozlamalari ​

Kirish: CRM → Sozlamalar → Tizim sozlamalari.

Tizim sozlamalari

Bu yerda bazaga yozilgan barcha sozlamalar ro‘yxati turadi: guruhlab (avval hisob — calc, keyin biznes, soliq, muddatlar, so‘ng qolganlari). Har qatorda sozlama nomi (kaliti), qiymati va «Saqlash» tugmasi.

Har bir sozlama nima qilishi: Admin sozlamalari.

Qiymatni xavfsiz o‘zgartirish ​

  1. Kerakli kalitni toping (masalan calc.print_flat_lists). Brauzerda Ctrl+F bilan qidirish qulay.
  2. Qiymatni o‘zgartiring:
    • Son — faqat raqam (masalan 1000).
    • Ha/yo‘q — true yoki false.
    • Matn — oddiy matn.
    • Ro‘yxat yoki jadval (katta maydon, [ ] yoki { } bilan) — tuzilishini buzmasdan faqat sonlarni o‘zgartiring. Qavs yoki vergul tushib qolsa «Qiymat noto‘g‘ri» xabari chiqadi va saqlanmaydi.
  3. Shu qatordagi «Saqlash» ni bosing. O‘zgarish darhol kuchga kiradi.
  4. tax., business. va numerator bilan boshlanadigan sozlamalar xavfli hisoblanadi — saqlashda qo‘shimcha tasdiq oynasi chiqadi. O‘qib, rozi bo‘lsangiz tasdiqlang.

Diqqat

  • Ro‘yxatda faqat bazaga yozilgan sozlamalar bor. Hech qachon o‘zgartirilmagan sozlama bu yerda ko‘rinmaydi — tizim uning standart qiymati bilan ishlaydi. Yangi kalitni bu sahifadan qo‘shib bo‘lmaydi.
  • Maxfiy qiymatlar (nomida secret, password, api_key, token bor) nuqtalar bilan yashirinadi. Nuqtalarni o‘zgartirmasdan saqlasangiz eski qiymat qoladi.
  • Saqlashdan oldin eski qiymatni yozib qo‘ying — xato bo‘lsa qaytarish uchun.
  • Sozlamani saqlashda tizim yuz tasdig‘ini so‘rashi mumkin (sozlama security.face_for_settings).

Rollar ​

Kirish: CRM → Sozlamalar → Rollar.

Rollar matritsasi

Ruxsatlar matritsasi ​

Chapda ruxsatlar (bo‘limlar bo‘yicha guruhlangan: Mijozlar, Kadrlar, Buyurtmalar, To‘lovlar, Sozlamalar va h.k.), yuqorida rollar (Super admin, Direktor, Bosh menejer, Menejer, Dizayner, Omborchi, Operator …). Belgilangan katak — shu rolda shu ruxsat bor.

Ruxsat berish yoki olib tashlash:

  1. Kerakli ruxsat qatori va rol ustuni kesishgan katakni belgilang yoki belgini olib tashlang. Bir nechta katakni birdan o‘zgartirish mumkin.
  2. Yuqorida «N ta rol o‘zgardi» chiqadi.
  3. «Saqlash» ni bosing — har o‘zgargan rol uchun yoziladi. Ba’zisi saqlanmasa «Ba’zi rollar saqlanmadi» xabari chiqadi.
  4. Fikringizdan qaytsangiz — «O‘zgarishlarni bekor qilish».

O‘zgarish shu roldagi barcha xodimlarga tegishli. Bitta xodimga alohida huquq (masalan video konfrensiya ochish) uning sahifasida beriladi — CRM → Hodimlar.

Diqqat

  • Super admin ruxsatlari tahrirlanmaydi — unda hamma ruxsat doim bor.
  • Ruxsatni olib tashlasangiz, shu roldagi xodimlar darhol tegishli bo‘limga kira olmaydi. Menyudan yashirish yetarli emas — ruxsat server tomonida ham tekshiriladi.

Xodimlar ro‘yxati ​

Rollar yorlig‘idagi xodimlar

Matritsa ostida xodimlar: F.I.Sh, login, rollari va holati. «Bloklash» — xodim tizimga kira olmaydi; «Blokdan chiqarish» — qaytaradi. Rol va parolni o‘zgartirish — «Hodimlar» bo‘limida.

M-PRINT — bosmaxona boshqaruv tizimi