STANOK — stanok terminali
STANOK — stanoklar yonidagi Android planshet (terminal) ilovasi. U sexdagi barcha stanoklarni bitta ekranda ko‘rsatadi: har stanokda hozir qaysi zakaz ishlanayotgani, kim ishlayotgani, nechta tayyor bo‘lgani va navbatda nima turgani.
Stanokka IoT hisoblagich (kontroller) ulangan bo‘lsa, tayyor mahsulot soni datchikdan avtomatik sanaladi va reja bajarilganda stanok o‘zi to‘xtaydi.
ISHLOV bilan farqi
ISHLOV — bitta operatorning ish joyi: son, brak va yakun qo‘lda kiritiladi. STANOK — hisoblagich ulangan stanoklarni kuzatish va boshqarish ekrani. Navbat tartibi ikkalasida bir xil.
O‘rnatish va kirish
- Yuklab olish sahifasidan STANOK ilovasini (APK) yuklab, planshetga o‘rnating.
- Ilovani oching, login va parolni kiriting, «Kirish» ni bosing. Hisob Google'ga bog‘langan bo‘lsa — «Google bilan kirish».
- Ilova yangi versiya chiqsa, o‘zi yangilanishni taklif qiladi.
Bosh ekran: «Stanoklar»
Har bir stanok — alohida karta. Ekran har 3 soniyada o‘zi yangilanadi.
| Kartada | Ma’nosi |
|---|---|
| Zakaz raqami va mahsulot | Stanokda hozir nima qilinmoqda |
| Operator | Kim ishlayapti |
| «12 400 / 20 000 dona» | Tayyor (fakt) / reja |
| «▶ Ishlayapti» yoki «⏸ Pauzada» | Joriy holat |
| «Brak 35 · Ruxsat qoldi: 565» | Qilingan brak va ruxsat etilgandan qancha qolgani |
| NAVBATDAGI | Keyingi zakaz; shoshilinch bo‘lsa «SHOSHILINCH» belgisi |
| «+N» | Navbatda yana nechta zakaz borligi |
Navbatdagi zakaz hali boshlanmaydigan bo‘lsa, «Kutilmoqda: …» deb sababi yoziladi.
Ish tartibi
- Stanok kartasida navbatdagi zakazni ko‘ring.
- «Boshlash» ni bosing. Stanokka hisoblagich ulangan bo‘lsa, stanok rele orqali yoqiladi va datchik sanog‘i shu zakazga bog‘lanadi.
- Ish davomida son o‘zi oshib boradi. Kerak bo‘lsa zakazni oching va «Pauza» / «Davom» ni bosing.
- Reja bajarilganda ish odatda o‘zi yakunlanadi va stanok o‘chadi. Qo‘lda yakunlash kerak bo‘lsa — zakaz sahifasida «Yakunlash».
- Smena tugaganda stanokdagi sessiyani «Sessiyani yopish» bilan yoping.
Diqqat
Stanok server ruxsatisiz ishlamaydi: «Boshlash» bosilgach kontroller tasdig‘i kelmaguncha ish boshlanmaydi. Kontroller aloqada bo‘lmasa, boshlash rad etiladi va sababi ko‘rsatiladi.
Zakaz sahifasi
Zakazni bossangiz alohida sahifa ochiladi (boshqa stanoklar ko‘rinmaydi):
- Zakaz: raqam, mahsulot, shoshilinchlik;
- Stanok bajargan ish: foiz, tayyor / reja, brak va ruxsat qolgani;
- Pauza, Davom, Yakunlash tugmalari;
- Natija — yakunlangan ishda: tayyor va brak sonlari;
- yon panelda zakaz hozir qayerda: dizayn, tasdiq, bosma, har bir ishlov bosqichi, tayyor, yetkazish.
Chap menyu
| Bo‘lim | Nima bor |
|---|---|
| Stanoklar | Bosh ekran |
| Kutilayotgan zakazlar | Barcha stanoklar navbati, stanok bo‘yicha guruhlangan |
| Mening buyurtmalarim | Siz bajargan ishlar tarixi, vaqti bilan |
| Profil | Shaxsiy ma’lumot |
| Chiqish | Hisobdan chiqish |