Skip to content

Admin sozlamalari ​

Kim uchun: tizim administratori va rahbar uchun. Bu sahifada eng muhim sozlamalar yozilgan: har biri nima qiladi, standart qiymati qanday, qayerda o‘zgartiriladi va o‘zgartirsangiz nima bo‘ladi. Sozlama nomi (kaliti) kod ko‘rinishida berilgan — administrator uni qidirib topishi oson bo‘lishi uchun.

Batafsil sahifalar

CRM → Sozlamalar ning har bir tabi alohida sahifada qadamma-qadam, rasmlar bilan:

SahifaNimani sozlaydi
KataloglarMateriallar (mahsulot qo‘shish), mahsulot turlari, operatsiyalar, bosma turlari, brak sabablari, mijoz segmentlari
IshlovlarCTP A3/A2, Bosma A3/A2, lak, laminatsiya, tigel — narx turi va narxga ta’siri
NarxlarNarxlar tabi: bosma, CTP, qog‘oz zapasi
KategoriyalarMahsulot kategoriyalari, ranglar, kassa kategoriyalari
Rekvizitlar va ClickShartnomadagi kompaniya rekvizitlari, Click to‘lovi
Tizim va rollarTizim sozlamalari, rollar va ruxsatlar
SMS, Tok va AIEskiz SMS, HET kabinet, AI model
Stanoklar va planshetlarStanok profili, ishlov → operatsiya, ISHLOV planshetlari
Ovozli ogohlantirishXabar turlari, oluvchilar, ovoz yuklash

Sozlamalar qayerda turadi ​

Ko‘p sozlamalar CRM’dagi Sozlamalar sahifasida (faqat super administrator ko‘radi). U yerda bir nechta bo‘lim bor:

Bo‘limNima bor
KataloglarQog‘oz, ishlov, stanok va boshqa ma’lumotnomalar
Mahsulot kategoriyalariOmbor kategoriyalari, «Omborga» belgisi, OMBOR’da mahsulot qo‘shish, tahrirlash muddati
Kassa kategoriyalariKirim va chiqim turlari, sanani orqaga qaytarish, ombor xaridi bank hisobi
NarxlarBosma, CTP va boshqa narxlar
RekvizitlarKompaniya ma’lumotlari, aloqa, Click kalitlari
Tizim sozlamalariBazada yozilgan barcha sozlamalar ro‘yxati (guruhlab), qiymatini shu yerda o‘zgartirish mumkin
RollarRollar va ruxsatlar
SMSSMS xizmati (Eskiz)
Tok (HET kabinet)Elektr hisobini avtomatik olish
AIMENEJER modul yordamchisi modeli

Boshqa joylar: Buxgalteriya sozlamalari (rahbar va super administrator), Ovozli ogohlantirish → Sozlamalar, Ishlab chiqarish → Planshetlar, Hodimlar sahifasi.

«Tizim sozlamalari» ro‘yxati haqida

Bu ro‘yxatda faqat bazaga yozilgan sozlamalar chiqadi. Agar sozlama hech qachon o‘zgartirilmagan bo‘lsa, u ro‘yxatda yo‘q va tizim standart qiymat bilan ishlaydi. Bunday sozlamani faqat administrator (server) orqali qo‘shish mumkin. Quyida har sozlama yonida shu yozilgan.

Yuz tasdig‘i

Sozlamani saqlaganda tizim yuz tekshiruvini so‘rashi mumkin (security.face_for_settings, standart yoqiq). Bu begona odam administrator kompyuteridan sozlamani o‘zgartirib qo‘ymasligi uchun. Ba’zi xavfli sozlamalar qo‘shimcha tasdiq so‘raydi.

Zakaz oqimi ​

Bu sozlamalar zakaz bosqichlardan qanday o‘tishini belgilaydi. Batafsil — Zakazning yo‘li.

SozlamaStandartNima qiladi
orders.designer_final_approvalo‘chiqYoqilsa, dizayner tasdig‘i yakuniy: zakaz bosh menejer va buxgalteriya tasdig‘ini kutmasdan o‘zi omborga o‘tadi. Kredit limiti, muddati o‘tgan qarz, to‘lov turi va material tekshiruvlari baribir qoladi; biri to‘ssa — bosh menejerga xabar keladi. «Dizaynerga bormasin» belgili zakazlar ham shu sozlamaga qarab yuradi
orders.designer_final_ignore_advanceyoqiqDizayner yakuniy tasdig‘i (yoki «Dizaynerga bormasin») zanjirida kelishilgan avans to‘lanmagani zakazni to‘xtatmaydi. O‘chirilsa, avans tushmaguncha zakaz sexga o‘tmaydi
orders.design_revision_gateyoqiqDizaynni keyingi bosqichga faqat tasdiqlangan maket versiyasi bilan o‘tkazish mumkin. Eskicha «so‘rov yuborib o‘tkazish» yo‘lini yopadi
orders.warehouse_release_autoyoqiqOmborchi zakazga material bergach, zakaz o‘zi ishlab chiqarish navbatiga o‘tadi. O‘chirilsa — sex boshlig‘i qo‘lda o‘tkazadi
orders.auto_ready_after_productionyoqiqZakazning hamma ishi tugagach, zakaz o‘zi «Tayyor» bo‘ladi va omborchilarga xabar ketadi. O‘chirilsa — sifat nazoratchisi «Tayyor»ga o‘tkazadi
orders.reference_image_requiredyoqiqZakazni tasdiqlash uchun namuna rasm majburiy
orders.module_publication_gateyoqiqZakazga faqat ishlab chiqarishga tasdiqlangan (nashr qilingan) modul biriktiriladi
business.require_material_reservationyoqiqMaterial zakazga berilmaguncha (rezerv yoki chiqim) zakaz sexga o‘tmaydi
business.auto_reserve_materialyoqiqNarx hisoblanganda kerakli qog‘oz omborda avtomatik band qilinadi
business.min_advance_percent0Eng kam avans foizi. 0 dan katta bo‘lsa, avans siyosati yoqiladi va «Sexga ruxsat»da tekshiriladi
business.block_on_overdueo‘chiqYoqilsa, muddati o‘tgan qarzi bor mijozga yangi zakaz ochishda ogohlantirib to‘xtatadi

Qayerda: business.* sozlamalari odatda «Tizim sozlamalari» ro‘yxatida turadi. orders.* uchun alohida tugma yo‘q — ro‘yxatda bo‘lsa shu yerdan, bo‘lmasa faqat administrator (server) orqali.

Qaysi birini yoqish kerak

Kichik korxonada bosh menejer har maketni ko‘rib o‘tirmasa, orders.designer_final_approval ni yoqing — zakaz tezroq sexga yetadi. Agar maketni rahbar ko‘rishi shart bo‘lsa, o‘chiq qoldiring.

Menejer bonusi va mijoz qarzi ​

SozlamaStandartNima qiladiQayerda
manager.bonus_percent3Har tasdiqlangan zakaz summasidan menejerga beriladigan bonus foizi. Bonus oylikka qo‘shiladi. 0 qilinsa — bonus yo‘qTizim sozlamalari
debt.default_credit_days14Mijozda o‘z to‘lov muddati bo‘lmasa, qoldiq tayyor bo‘lgan kundan necha kunda to‘lanishi kerakligiTizim sozlamalari yoki administrator
debtors.remind_enabledyoqiqQarz to‘lov muddati yaqinlashganda menejerga eslatmaTizim sozlamalari yoki administrator
debtors.remind_days3, 1, 0Muddatga necha kun qolganda eslatiladi (0 — shu kuni)Tizim sozlamalari yoki administrator
finance.notify_customer_on_paymentyoqiqMijozdan pul tushganda mijozga xabar yuboriladiTizim sozlamalari yoki administrator

Ombor ​

SozlamaStandartNima qiladiQayerda
warehouse.allow_material_createyoqiqOMBOR dasturida yangi mahsulot qo‘shishga ruxsat. O‘chirilsa, mahsulotni faqat administrator qo‘shadiSozlamalar → Mahsulot kategoriyalari
warehouse.movement_edit_minutes1440 (1 kun)Kirim yoki chiqim yozuvini qo‘shgan odam necha daqiqa ichida tahrirlay yoki o‘chira oladi. Muddat o‘tgach yozuv qulflanadiSozlamalar → Mahsulot kategoriyalari
warehouse.pay_account_idbirinchi bank hisobiOmborchi narx bilan kirim qilib «Hisobdan to‘landi» desa, pul qaysi bank hisobidan chiqim bo‘ladiSozlamalar → Kassa kategoriyalari

Har kategoriyada «Omborga» belgisi bor: yoqilgan kategoriyalar OMBOR’ning kirim-chiqim oynasida ko‘rinadi. Bu kategoriyaning **«Holat»**idan alohida — holat menejer va dizayner ro‘yxatlari uchun.

Nega tahrirlash muddati bor

Ombor yozuvi qoldiqni o‘zgartiradi. Kechroq tahrirlash hisobotlarni buzadi, shuning uchun xatoni darhol tuzatish mumkin, keyin esa faqat yangi to‘g‘rilovchi yozuv bilan. O‘chirish aslida teskari (storno) yozuv bo‘ladi — tarix saqlanadi.

Kassa ​

SozlamaStandartNima qiladiQayerda
kassa.backdate_days365 (1 yil)Esdan chiqqan kirim yoki chiqimni necha kun orqaga sanasi bilan yozish mumkin. Kelajak sanasi hech qachon qabul qilinmaydi. Tanlov: 5 kun, 1 oy, 1 yilSozlamalar → Kassa kategoriyalari

Kassa kategoriyalari ikki turga bo‘linadi: Kassa (kassir) va Ombor (omborchi). Kassir ombor kategoriyalarini ko‘rmaydi va aksincha — shunda xomashyo xaridi va kundalik xarajatlar aralashmaydi.

Oylik va buxgalteriya ​

SozlamaStandartNima qiladiQayerda
payroll.pay_windowkeyingi oyning 14–16 kunlariOylik to‘lanadigan kunlar oralig‘iBuxgalteriya sozlamalari → «Hisob va oylik»
payroll.advance_windowbelgilanmaganAvans to‘lanadigan kunlar oralig‘i. Belgilanmasa — istalgan kunBuxgalteriya sozlamalari → «Hisob va oylik»
accounting.start_dateoy boshiBuxgalteriya hisobi qaysi oydan boshlanadi. Boshlang‘ich qoldiq tasdiqlangach o‘zgarmaydiBuxgalteriya sozlamalari → «Hisob va oylik»
accounting.web_entry_blocked_rolesbo‘shQaysi rollar CRM saytida pul yozuvi kirita olmaydi (faqat BUXGALTERIYA dasturida)Buxgalteriya sozlamalari → «Web kiritish»

Kompaniya rekvizitlari va Click ​

Qayerda: Sozlamalar → Rekvizitlar.

SozlamaNima
company.name, company.director, company.city, company.addressNomi, direktor, shahar, manzil
company.inn, company.account, company.bank, company.mfo, company.oked, company.vat_regSTIR, hisob raqami, bank, MFO, OKED, QQS ro‘yxat kodi
company.phone, company.phone2, company.telegram, company.email, company.website, company.contact_personAloqa ma’lumotlari
click.service_id, click.merchant_id, click.merchant_user_id, click.secret_key, click.return_urlClick orqali to‘lov qabul qilish kalitlari

Rekvizitlar shartnoma, spetsifikatsiya, chek va naqladnoyda chiqadi. To‘ldirilmasa, hujjatda «—» qoladi va shartnoma yaratishda «rekvizitlar to‘liq emas» ogohlantirishi chiqadi.

Click kaliti

click.secret_key maxfiy: saqlangandan keyin ekranda faqat nuqtalar ko‘rinadi. Kalitni hech kimga yubormang. Click kabinetida to‘lov xabarlari keladigan manzil ham sozlanishi kerak — buni administrator bajaradi.

Xodim profili ​

SozlamaStandartNima qiladiQayerda
profile.require_approvalyoqiqXodim o‘z profilini (ism, tug‘ilgan sana, pasport va h.k.) o‘zgartirsa, o‘zgarish administrator tasdig‘iga tushadi. Administratorning o‘zi ham tasdiqdan o‘tadi; o‘z so‘rovini o‘zi tasdiqlay olmaydi. Telefon, rasm va parol tasdiqsiz o‘zgaradiTizim sozlamalari yoki administrator; so‘rovlar — CRM → «Profil so‘rovlari»
profile.self_edityoqiqXodim ilovada o‘z profilini umuman tahrirlay oladimi. O‘chirilsa, tahrirlash tugmalari yashiriladiCRM → Hodimlar sahifasidagi almashtirgich

Davomat ​

SozlamaStandartNima qiladi
hr.track_start, hr.track_end08:00, 18:00Telefon ilovasi xodim joylashuvini qaysi soatlar oralig‘ida kuzatadi. Ish vaqtidan tashqarida joylashuv yozilmaydi
hr.track_daysdushanba–shanbaIsh kunlari
hr.lunch_start, hr.lunch_end13:00, 14:00Tushlik oynasi. Bo‘sh qoldirilsa — tushlik oynasi o‘chadi
hr.checkin_policyyuz va joylashuvKioskda belgilanish uchun nima talab qilinadi
hr.face_threshold0.5Yuz solishtirish qat’iyligi
hr.photo_retention_days90Davomat suratlari necha kun saqlanadi
hr.fire_phone_confirmyoqiqXodimni ishdan bo‘shatish rahbarning telefonida tasdiqlangach bajariladi
attendance.exit_buffer_m25Obyekt chegarasidan necha metr chiqqanda «ketdi» deb hisoblanadi
attendance.checkout_min_minutes2Chegaradan chiqqach necha daqiqadan keyin «ketdi» yoziladi (bir lahzalik GPS sakrashi hisoblanmasin)
attendance.live_gps_minutes15Telefon joylashuvi shu daqiqalar ichida kelgan bo‘lsa, u «tirik» hisoblanadi va chiqishni zona belgilaydi
face.min_shift_minutes30Faqat yuz terminali bilan ishlaydigan xodimda ikkinchi yuz-skan shu daqiqadan keyingina «ketdi» hisoblanadi; ertaroq bo‘lsa — qayta kirish

Qayerda: «Tizim sozlamalari» ro‘yxatida bo‘lsa shu yerdan, bo‘lmasa faqat administrator (server) orqali. Obyektning ish vaqti va radiusi — CRM → Obyektlar.

Nega bunday ko‘p son

GPS har doim aniq emas: bino ichida signal bir necha o‘n metr sakraydi. Bufer va daqiqalar xodim joyida turganda «ketdi» deb noto‘g‘ri yozilmasligi uchun kerak.

Ishlab chiqarish (sex) ​

SozlamaStandartNima qiladiQayerda
ishlov.modeZakazlar rejimi«Zakazlar rejimi» — bitta planshet, stanok tanlanmaydi; «Stanok rejimi» — har stanokka alohida planshetIshlab chiqarish → Planshetlar
ishlov.open_accessyoqiqSinov davrida ISHLOV’ga har qanday faol xodim kira oladi. O‘chirilsa — faqat ruxsati borlarTizim sozlamalari yoki administrator
mes.iot_offline_startto‘sishStanok kontrolleri aloqada bo‘lmasa ishni boshlash: «to‘sish» — sababi aytilib rad etiladi; «qo‘lda» — kontrollersiz, qo‘lda sanash bilan boshlanadiTizim sozlamalari yoki administrator
mes.start_ack_timeout60 soniyaKontroller «boshlandi» tasdig‘ini shu vaqtda bermasa, so‘rov bekor bo‘ladi va ish navbatga qaytadiTizim sozlamalari yoki administrator
mes.next_stage_delay_minutes3Oldingi bosqich tugagach keyingi bosqich necha daqiqadan keyin ochiladiTizim sozlamalari yoki administrator
mes.auto_off_on_targetyoqiqKontroller sanagan sof son rejaga yetganda ish o‘zi yakunlanadi va stanok o‘chiriladiTizim sozlamalari yoki administrator
mes.route_packingyoqiqZakaz marshruti oxiriga qadoqlash (upakovka) bosqichi qo‘shiladiTizim sozlamalari yoki administrator

Ovozli ogohlantirish ​

Qayerda: CRM → Ovozli ogohlantirish → Sozlamalar.

Bu yerda tizim butunlay yoqiladi yoki o‘chiriladi, ovoz (Madina — ayol, Sardor — erkak), gapirish tezligi, talaffuz lug‘ati, qo‘ng‘iroq necha soniya jiringlashi sozlanadi. Kalitlar alerts.* ko‘rinishida saqlanadi. Har xabar turi uchun kim xabardor bo‘lishi va ovoz yozuvi — «Xabar turlari» bo‘limida.

AI yordamchi ​

Qayerda: Sozlamalar → AI.

SozlamaStandartNima qiladi
ai.module_modeltizim tavsiya qilgan modelMENEJER’dagi modul yordamchisi (bezash va o‘lchamni sozlash) qaysi AI modelida ishlaydi. Ro‘yxatda faqat ulangan kalitga ochiq modellar chiqadi
ai.module_effortyuqoriModel qanchalik chuqur o‘ylashi. Yuqoriroq — aniqroq, lekin sekinroq

Bu sozlama faqat MENEJER modul yordamchisiga ta’sir qiladi.

Boshqa ​

SozlamaNima qiladiQayerda
sms.enabled, sms.eskiz_email, sms.eskiz_password, sms.eskiz_senderSMS yuborish (Eskiz). O‘chiq bo‘lsa telefon raqamini SMS kod bilan o‘zgartirish va mijozga SMS ishlamaydiSozlamalar → SMS
het.enabled, het.login, het.password, het.interval_minutesElektr kabinetidan hisobni avtomatik olish (standart har 30 daqiqada)Sozlamalar → Tok (HET kabinet)
material_docs.markup_percent, material_docs.edit_minutesMaterial naqladnoylari ustama foizi va tahrirlash muddatiADMINISTRATSIYA dasturi
calls.record_enabledQo‘ng‘iroqlarni yozib olish (standart o‘chiq)Tizim sozlamalari yoki administrator
usage.tracking_enabledDasturlarning qaysi funksiyalaridan foydalanilayotganini hisoblash (standart yoqiq)Tizim sozlamalari yoki administrator
tax.vat_percentQQS foizi (standart 12)Tizim sozlamalari
calc.*Narx hisobining sonlari: zapas, varaq chekkasi, sozlash varaqlari, foyda va tezkorlik foizi va boshqalarNarxlar va Tizim sozlamalari

Narx hisobi sozlamalarining formulalardagi o‘rni — Formulalar bo‘limida.

CRM: SozlamalarCRM: Sozlamalar — kategoriyalar

M-PRINT — bosmaxona boshqaruv tizimi