Mahsulot va kassa kategoriyalari
Kim uchun: tizim administratori.
Bu sahifada ikki yorliq yoritilgan:
- Mahsulot kategoriyalari — ombor mahsulotlari guruhlari (Karton, Melovka, Lak, Bo‘yoq …) va mahsulot qo‘shishda nima so‘ralishi.
- Kassa kategoriyalari — pul kirim-chiqimi turlari (Avans, Oylik, Gaz, Qog‘oz xaridi …).
Mahsulot kategoriyalari
Kirish: CRM → Sozlamalar → Mahsulot kategoriyalari.

Yuqori panel
| Boshqaruv | Nima qiladi |
|---|---|
| OMBOR dasturida mahsulot qo‘shish (kalit) | O‘chirilsa, omborchi yangi mahsulot qo‘sha olmaydi (faqat kirim-chiqim). CRM «Kataloglar → Materiallar»dagi «Qo‘shish» ham shu kalitga bo‘ysunadi |
| Kirim/chiqimni tahrirlash muddati | Omborchi o‘zi kiritgan kirim yoki chiqimni qancha vaqt ichida tahrirlay yoki o‘chira oladi: 25 daqiqa, 1 soat yoki 1 kun (standart). Muddatdan keyin yozuv qulflanadi |
| Kategoriya qo‘shish | Yangi kategoriya oynasi |
Jadval ustunlari
| Ustun | Ma’nosi |
|---|---|
| Nomi, Kod, Tartib | Kategoriya nomi, belgisi va ro‘yxatdagi o‘rni |
| Mahsulot | Ichidagi mahsulotlar soni |
| Hisob-kitobli | Harakati, rezervi yoki qoldig‘i bor mahsulotlar soni |
| Holat (Faol / Nofaol) | Nofaol kategoriya MENEJER’da qog‘oz tanlash ro‘yxatida chiqmaydi |
| Omborga | Yoqilgan bo‘lsa, kategoriya OMBOR dasturida (kirim-chiqim, mahsulot qo‘shish) ko‘rinadi. «Holat»dan mustaqil |
Kategoriya qo‘shish yoki tahrirlash

- «Kategoriya qo‘shish» ni bosing (yoki qatordagi qalam belgisi).
- Nomi va Tartibni kiriting.
- Ruxsat etilgan birliklar — dona, kg, litr, rulon, karopka, list, metr dan keraklilarini belgilang. Hech biri belgilanmasa — hammasi ruxsat.
- Mahsulot qo‘shishda nima so‘ralsin:
- Zichlik — 1 m² necha gramm (g/m²). Qog‘oz va karton uchun.
- O‘lcham — eni × bo‘yi (mm). Qog‘oz va karton uchun — raskroy shu o‘lchamdan.
- Qadoq — 1 rulon yoki karopkada nechta.
- Rang — ranglar ro‘yxatidan tanlanadi (bo‘yoq uchun). Belgilansa, rang majburiy bo‘ladi.
- «Saqlash».
| Sozlama | Ta’siri |
|---|---|
| Birliklar | Mahsulot qo‘shishda faqat shu birliklar tanlanadi (boshqasi bilan qo‘shishga server ruxsat bermaydi) |
| Zichlik, O‘lcham | Mahsulot oynasida shu maydonlar chiqadi. Qog‘oz kategoriyalarida ikkalasini yoqing — aks holda MENEJER raskroyi standart 700 × 1000 mm va 300 g/m² ni oladi |
| Qadoq | OMBOR kirimida o‘ram bilan kiritish |
| Rang | Rangsiz qo‘shib bo‘lmaydi |
Kategoriyani o‘chirish
- Qatordagi savat belgisini bosing va tasdiqlang.
- Kategoriyada hisob-kitobli mahsulot bo‘lmasa — o‘chiriladi.
- Bo‘lsa — «Asosiy admin tasdig‘i» oynasi chiqadi: «Bu kategoriyada hisob-kitobli tovarlar bor». Super administrator o‘z parolini kiritib «Baribir o‘chirish» ni bossagina o‘chiriladi (noto‘g‘ri parolda «Parol noto‘g‘ri»).
O‘chirilgan kategoriya yangi ro‘yxatlarda chiqmaydi, lekin eski hisob-kitoblarda nomi saqlanib qoladi; jadvalda «O‘chirilgan» belgisi bilan ko‘rinadi.
Diqqat
Kategoriyani o‘chirish o‘rniga ko‘pincha «Omborga» yoki «Holat» kalitini o‘chirish yetarli — ma’lumotga tegilmaydi va qaytarish oson.
Ranglar
Sahifa pastida Ranglar bloki: rang so‘raladigan kategoriyalarda (bo‘yoq va sh.k.) shu ro‘yxatdan tanlanadi.
- «Rang qo‘shish» → Rang nomi (masalan «Moviy (Cyan)») va Rang kodi → saqlash.
- Rang yonidagi belgi bilan o‘chiriladi.
Kassa kategoriyalari
Kirish: CRM → Sozlamalar → Kassa kategoriyalari.

Ikki xil kategoriya bor va ular aralashmaydi:
| Yorliq | Kim ishlatadi | Qayerda |
|---|---|---|
| Kassa (kassir) | Kassir | OMBOR va HODIM «Kassa» bo‘limidagi pul kirimi va chiqimi |
| Ombor (omborchi) | Omborchi | Mahsulot kirimini narx bilan qabul qilganda (pul bank hisobidan chiqadi) |
Kassir ombor kategoriyasini tanlay olmaydi va aksincha.
Yuqoridagi sozlamalar
| Sozlama | Variantlar | Ta’siri |
|---|---|---|
| Sanani orqaga qaytarish (kirim/chiqim) | 5 kun, 1 oy (30 kun), 1 yil (365 kun) — standart | Kassa, BUXGALTERIYA, OMBOR va HODIM’da kirim-chiqim sanasini shuncha kun orqaga qo‘yish mumkin. Kelajak sana hech qachon qo‘yilmaydi |
| Ombor xaridi — bank hisobi | Bank hisoblari ro‘yxati | Omborchi kirimni narx bilan qabul qilsa, pul chiqimi shu hisobdan yoziladi (formada boshqa hisob tanlash mumkin) |
Kategoriya qo‘shish

- Kerakli yorliqni (Kassa yoki Ombor) tanlang, «Kategoriya qo‘shish» ni bosing.
- Nomi — lotincha saqlanadi.
- Yo‘nalish — Chiqim yoki Kirim.
- Kim ishlatadi — Kassa (kassir) yoki Ombor (omborchi, mahsulot xaridi).
- «Saqlash». Tahrirlashda Tartib ham o‘zgartiriladi.
Jadvalda filtr (Barchasi / Chiqim / Kirim) va qidiruv bor. «Faol» kaliti o‘chirilsa kategoriya kirim-chiqim formasida chiqmaydi.
Cheklovlar
| Kategoriya | Nima qilib bo‘lmaydi |
|---|---|
| Tizim kategoriyalari (Avans, Oylik, Boshqa kirim/chiqim, Qarzga va boshqalar) | O‘chirib bo‘lmaydi, «Kim ishlatadi» o‘zgarmaydi |
| Avans va Oylik | Yo‘nalishi o‘zgarmaydi (doim chiqim) |
O‘chirilgan kategoriya eski yozuvlarda nomi bilan qoladi.