Skip to content

Narxlar — bosma, CTP, qog‘oz zapasi ​

Kim uchun: tizim administratori va narxlarni belgilaydigan rahbar.

«Narxlar» yorlig‘ida zakaz hisobidagi asosiy narxlar turadi: ofset bosma (A3 va A2), CTP va qog‘oz zapasi qoidasi. Bu qiymatlar MENEJER va HODIM dasturlarining hisobida ishlatiladi.

Kirish: CRM → Sozlamalar → Narxlar.

Narxlar yorlig‘i

Asosiy qoida

Narx bo‘sh yoki 0 bo‘lsa — o‘sha band hisobda yozilmaydi. Qog‘oz narxi bu yerda emas: u «Kataloglar → Materiallar»dagi mahsulot narxidan olinadi.

Qanday o‘zgartiriladi ​

  1. Kerakli maydonga yangi sonni yozing (bo‘shliq va vergul bilan yozsa ham bo‘ladi).
  2. Enter ni bosing yoki maydondan chiqing — qiymat o‘zi saqlanadi («Saqlandi» xabari).
  3. Manfiy son 0 ga aylantiriladi.

«Bosma» bo‘limi ​

MaydonNimaHisobga ta’siri
Bosma A3 — qat’iy narxBo‘linma A3 ga sig‘ganda ofset bosma narxi (1 tomon)Qat’iy listlargacha shu summa
Bosma A3 — keyingi har listQat’iy listlardan keyingi har bosma list narxiHar ortiqcha listga qo‘shiladi
Bosma A2 — qat’iy narxBo‘linma A3 dan katta bo‘lsaXuddi shunday, A2 uchun
Bosma A2 — keyingi har list
Qat’iy narx necha listgachaStandart 1 000Bosma va ofset lak uchun umumiy chegara

Bosma narxi formulasi ​

Bosma (1 tomon) = Qat’iy narx + max(0, Bosma list − Qat’iy listlar) × Keyingi har list
Orqa tomoni ham bosilsa — 2 baravar
  • Bosma list = kerakli butun listlar × list nechaga bo‘lingani (bo‘linmalar soni).
  • Format: bo‘linma 320 × 450 mm ga sig‘sa A3, aks holda A2.
  • Bosma ranglar soniga bog‘liq emas.
  • Menejer «Bosma»ni belgilamasa (masalan faqat kesish xizmati), bosma narxi yozilmaydi.
  • Qat’iy narx 0 bo‘lsa — bosma narxi yozilmaydi.

Misol. Bosma A2: qat’iy 250 000, keyingi har list 80, qat’iy listlar 1 000. Zakazga 1 668 bosma list kerak: 250 000 + (1 668 − 1 000) × 80 = 303 440 so‘m. Orqa tomoni ham bosilsa — 606 880 so‘m.

Zakazga 700 bosma list kerak bo‘lsa — 250 000 so‘m (qat’iy narx).

CTP narxi qayerda ​

CTP narxi bu yorliqda yo‘q: MENEJER va HODIM CTP’ni «CTP A3» / «CTP A2» ishlovlari orqali hisoblaydi — narxni Ishlovlar: CTP sahifasidagi tartibda o‘sha yerda o‘zgartiring. Yorliqning yuqorisida shu haqda eslatma turadi (2026-11-26 dan avvalgi ishlatilmaydigan CTP maydonlari olib tashlandi).

«Qog‘oz zapasi» kaliti ​

Ofset bosmada mashinani sozlash uchun qo‘shimcha listlar ketadi (standart 150 list, rang 4 tadan ko‘p bo‘lsa har qo‘shimcha rangga yana 50 list — sozlamalar calc.setup_sheets, calc.setup_per_extra_color).

KalitMijozga yoziladigan qog‘oz narxi
O‘chiq (standart)Zakaz soni va braq uchun kerakli listlar (braq kiritilmagan eski hisoblarda — tiraj chiqindisi foizi ham). Sozlash listlari faqat ombor sarfida hisoblanadi
YoqiqYuqoridagiga sozlash listlari ham qo‘shiladi

Ombordan qancha qog‘oz yechilishi kalitga bog‘liq emas.

«Ishlovlar narxlari» jadvali ​

Pastda barcha faol ishlovlar ro‘yxati: nomi, narx usuli, narx, birlik, minimal miqdor, minimal narx. Bu yerda faqat ko‘rish mumkin. O‘zgartirish — Kataloglar → Ishlovlar.

Boshqa hisob sozlamalari ​

Quyidagilar «Narxlar»da yo‘q, lekin hisobga ta’sir qiladi; ular Tizim sozlamalarida (bazada yozilgan bo‘lsa) o‘zgartiriladi:

SozlamaStandartNima
calc.bleed_mm3Mahsulot atrofidagi zapas (mm) — raskroyda
calc.sheet_edge_mm10List chetidan bo‘sh qoldiriladigan joy (mm)
calc.a3_max_mm320, 450A3 bosma bo‘linmasining eng katta o‘lchami
calc.finishing.ofset_lak.*0Ofset lak narxlari (A3/A2)
calc.overhead_percent12«Ustama xarajat» bandi foizi (band narxi 0 bo‘lsa)
calc.waste_percent_tiers5 % / 3 % / 2 %Tiraj chiqindisi (braqsiz hisobda)
tax.vat_percent12QQS foizi

Batafsil: Tizim sozlamalari va rollar va Admin sozlamalari.

M-PRINT — bosmaxona boshqaruv tizimi