Qarz, avans, to‘lov
Bu sahifada mijoz qarzi, to‘lovni zakazlarga taqsimlash, mijoz avansi, kelishilgan avans, to‘lov muddati va muddati o‘tgan qarz qanday hisoblanishi yozilgan. Bu qoidalar barcha dasturlarda bir xil: CRM, MENEJER, OMBOR (kassa), BUXGALTERIYA va ADMINISTRATSIYA bitta server hisobini ko‘rsatadi.
Zakaz qarzi
Zakaz qarzi = Zakaz summasi − To‘langanTo‘langan — shu zakazga taqsimlangan, tasdiqlangan to‘lovlar yig‘indisi (bekor qilingan to‘lov hisobga olinmaydi).
Qarz noldan past ko‘rsatilmaydi: mijoz ortiqcha to‘lagan bo‘lsa, qarz 0 bo‘ladi, holat esa «Ortiqcha to‘langan».
Misol: zakaz 5 500 000 so‘m, 1 000 000 so‘m to‘langan. Qarz = 5 500 000 − 1 000 000 = 4 500 000 so‘m.
To‘lov holati
| Holat | Shart |
|---|---|
| To‘lanmagan | Hech narsa to‘lanmagan |
| Qisman | Bir qismi to‘langan, qarz bor |
| To‘langan | Qarz 0 |
| Ortiqcha to‘langan | To‘langan > zakaz summasi |
Qaysi zakazlar qarzga kiradi
| Zakaz | Qarzga kiradimi |
|---|---|
| Qoralama | Yo‘q |
| Bekor qilingan | Yo‘q (bekor qilingan kundan oldingi sanaga hisobot olinsa — o‘sha paytdagi holat bo‘yicha kiradi) |
| Arxivlangan | Ha (hisobotda «arxiv» belgisi bilan) |
| Qolgan hamma holatlar | Ha |
Misol: mijozda uchta zakaz: 3 000 000 (to‘lanmagan), 2 000 000 (bekor qilingan), 1 500 000 (qoralama). Mijoz qarzi = 3 000 000 so‘m — qolgan ikkitasi kirmaydi.
Mijoz qarzi
Mijoz qarzi = Σ har zakazning qarzi (faqat musbat qismi)Bir zakazdagi ortiqcha to‘lov boshqa zakaz qarzini o‘zi yopmaydi — u mijoz avansi bo‘lib turadi (pastga qarang).
Misol: A zakaz qarzi 4 500 000, B zakaz 200 000 ortiqcha to‘langan (qarz 0). Mijoz qarzi = 4 500 000 + 0 = 4 500 000 so‘m.
To‘lovni zakazlarga taqsimlash
Mijozdan pul kelganda u bir yoki bir necha zakazga taqsimlanadi. Qoidalar:
- Faqat shu mijozning zakazlariga taqsimlanadi.
- Bekor qilingan zakazga pul kiritilmaydi.
- Bitta zakazga uning qolgan qarzidan ko‘p taqsimlab bo‘lmaydi.
- Taqsimlar yig‘indisi to‘lov summasidan oshmaydi.
- Taqsimlanmay qolgan qism — mijoz avansi.
Avansga qoladi = To‘lov summasi − Σ TaqsimlarMisol: mijoz 6 000 000 so‘m to‘ladi. A zakaz qarzi 4 500 000, B zakaz qarzi 1 000 000. A ga 4 500 000, B ga 1 000 000 taqsimlanadi → avansga qoladi = 6 000 000 − 5 500 000 = 500 000 so‘m.
Diqqat
OMBOR kassasida «Zakazdan to‘lov» bilan faqat shu zakaz qoldig‘igacha qabul qilinadi. Summa katta bo‘lsa — «Summa qarzdan katta: qoldiq N so‘m» xatosi. Ortiqcha pulni oddiy kirim yoki BUXGALTERIYA orqali avans qilib yozish kerak.
BUXGALTERIYAʼda «Eskisidan boshlab taqsimlash» tugmasi pulni muddati eng yaqin (yoki o‘tgan) zakazdan boshlab yopadi; taqsimlanmagan qism qolsa, uni avansda qoldirishni belgilash shart.
Mijoz avansi
Mijoz avansi = Σ Mijozdan kirimlar − Σ Mijozga qaytarishlar − Σ Qarzga kiradigan zakazlarga taqsimlarAvans noldan past ko‘rsatilmaydi. Qoralama yoki bekor qilingan zakazga taqsimlangan pul ham avans bo‘lib qaytadi (pul yo‘qolmaydi).
Misol: mijoz jami 10 000 000 kiritdi, 0 qaytarildi. Faol zakazlarga 7 000 000, keyin bekor qilingan zakazga 2 000 000 taqsimlangan edi. Avans = 10 000 000 − 0 − 7 000 000 = 3 000 000 so‘m (bekor qilingan zakazdagi 2 000 000 ham shu ichida).
Kelishilgan avans
Menejer zakazni tasdiqlaganda mijoz bilan kelishilgan avans summasi yoziladi.
- Avans 0 dan kam va zakaz summasidan ko‘p bo‘lolmaydi.
- Avans muddati — zakaz tasdiqlangan kun.
- Avans to‘landimi: to‘langan ≥ kelishilgan avans bo‘lsa — ha.
Avans to‘landi = (To‘langan ≥ Kelishilgan avans)
Avansdan keyingi qoldiq = Zakaz summasi − Kelishilgan avansMisol: zakaz 5 500 000, kelishilgan avans 2 000 000, to‘langan 1 000 000. Avans to‘lanmagan (1 000 000 < 2 000 000); avansgacha yana 1 000 000 so‘m kerak.
To‘lov muddati
Qolgan summa qachon to‘lanishi kerakligi (to‘lov muddati) uch yo‘l bilan qo‘yiladi:
| Manba | Qachon qo‘yiladi | Avtomatik hisob ustidan yozadimi |
|---|---|---|
| Avtomatik | Zakaz tasdiqlanganda | — |
| Menejer kiritgan | Zakaz berishda, pul to‘liq to‘lanmasa | Yo‘q, qo‘lda qo‘yilgan sana saqlanadi |
| Buxgalter o‘zgartirgan | BUXGALTERIYAʼda, sabab majburiy | Yo‘q, eski sana tarixda qoladi |
Avtomatik muddat:
To‘lov muddati = Tayyor bo‘lish sanasi + Mijozning kredit kunlariMijozda kredit kunlari belgilanmagan bo‘lsa — standart 14 kun (administrator sozlamasi).
Misol: zakaz 15.10.2026 da tayyor bo‘ladi, mijozda kredit kunlari yo‘q. To‘lov muddati = 15.10 + 14 kun = 29.10.2026. Agar mijozga 5 kun berilgan bo‘lsa — 20.10.2026.
Muddati o‘tgan qarz
Har zakaz bugungi kunga nisbatan baholanadi:
| Holat | Shart |
|---|---|
| Muddati kelmagan | Qarz > 0 va muddat bugundan keyin (yoki qarz yo‘q) |
| Bugun | Muddat = bugun |
| Muddati o‘tgan | Qarz > 0 va muddat bugundan oldin |
| Muddat nomaʼlum | Qarz > 0, lekin muddat qo‘yilmagan |
Kechikish (kun) = Bugungi sana − To‘lov muddati (faqat muddati o‘tganda)Misol: muddat 20.10.2026, bugun 26.11.2026, qarz 4 500 000. Holat — muddati o‘tgan, kechikish = 37 kun.
Muddatlar bo‘yicha guruhlar
Hisobotlarda qarz quyidagi guruhlarga bo‘linadi (guruhlar yig‘indisi = jami qarz):
| Guruh | Kechikish |
|---|---|
| Muddati kelmagan | — |
| Bugun | 0 kun |
| 1–7 kun | 1 dan 7 gacha |
| 8–14 kun | 8 dan 14 gacha |
| 15–30 kun | 15 dan 30 gacha |
| 31–60 kun | 31 dan 60 gacha |
| 61+ kun | 61 va undan ko‘p |
| Muddat nomaʼlum | muddat yo‘q |
Misoldagi 37 kunlik qarz «31–60 kun» guruhiga tushadi.
Kassa sanog‘i
OMBORʼdagi «Kassani sanash» kassirning qo‘lidagi naqd pulni tekshiradi:
Bo‘lishi kerak = Oxirgi sanalgan summa + Shu kassirning keyingi naqd kirimlari − Naqd chiqimlari
Farq = Sanalgan − Bo‘lishi kerakFaqat naqd usuldagi va shu kassir kiritgan yozuvlar hisobga olinadi. Birinchi sanashda «bo‘lishi kerak» summa yo‘q.
Misol: kecha 3 000 000 sanalgan. Bugun naqd kirim 600 000, naqd chiqim 150 000. Bo‘lishi kerak = 3 000 000 + 600 000 − 150 000 = 3 450 000. Sanaldi 3 400 000. Farq = 3 400 000 − 3 450 000 = −50 000 so‘m (kamomad, rahbar ko‘radi).