Rekvizitlar, logo va Click
Kim uchun: tizim administratori yoki buxgalter (administrator hisobi bilan).
«Rekvizitlar» yorlig‘ida kompaniya ma’lumotlari turadi. Ular shartnoma, spetsifikatsiya, talabnoma, naqladnoy va cheklarga chiqadi. Shu yerda Click orqali to‘lov qabul qilish kalitlari ham kiritiladi.
Kirish: CRM → Sozlamalar → Rekvizitlar.

Qanday to‘ldiriladi
- Maydonlarni to‘ldiring yoki o‘zgartiring.
- Sahifa pastidagi «Saqlash» tugmasini bosing — faqat o‘zgargan maydonlar saqlanadi. Hech narsa o‘zgarmagan bo‘lsa tugma o‘chiq turadi.
- Logo alohida yuklanadi (pastda).
Diqqat
Maydon bo‘sh qolsa, hujjatda uning o‘rnida chiziqcha turadi. Shartnoma chiqarishdan oldin hamma maydonlarni to‘ldiring.
«Реквизиты компании (Поставщик)» bo‘limi
Bu ma’lumotlar shartnoma (Dogovor) va spetsifikatsiyaga chiqadi. Hujjatlar rus tilida bo‘lgani uchun qiymatlarni hujjatda qanday ko‘rinishi kerak bo‘lsa, shunday yozing.
| Maydon | Nima yoziladi | Misol |
|---|---|---|
| Nomi | Kompaniyaning rasmiy nomi | ООО «Namuna MCHJ» |
| Direktor | Shartnomada «в лице Директора» dan keyingi ism | Valiyev A. |
| Shahar | Shartnoma tuzilgan shahar | Ташкент |
| Manzil | Yuridik manzil yoki ombor | г. Ташкент, … р-н, ул. …, дом … |
| Hisob raqami (r/sch) | Bank hisob raqami | 2020 8000 … |
| Bank | Bank va filial nomi | АКБ «Namuna bank» … фил. |
| MFO | Bank kodi | 00000 |
| INN | STIR | 300 000 000 |
| OKED | Faoliyat turi kodi | 17230 |
| Reg. kod NDS | QQS to‘lovchi kodi | |
| Telefon | Asosiy telefon | +998 90 … |
Logo
PNG, JPG yoki SVG, 2 MB gacha. Talabnoma, naqladnoy va cheklarga chiqadi.
- «Logo» blokida faylni tanlang.
- Yuklangach namuna ko‘rinadi («Logo yuklandi»).
Aloqa ma’lumotlari
Hujjat, chek va mijoz naqladnoyining pastida chiqadi: Qo‘shimcha telefon, Telegram, Email, Sayt, Mas’ul shaxs (aloqa uchun).
Click to‘lov integratsiyasi

Click orqali mijoz zakaz uchun havola yoki QR orqali to‘lashi uchun kerak. Kalitlar Click merchant kabinetidan (my.click.uz) olinadi.
| Maydon | Nima |
|---|---|
| Service ID | Click xizmat raqami |
| Merchant ID | Merchant raqami |
| Merchant User ID | Merchant foydalanuvchi raqami |
| Secret key (maxfiy kalit) | Maxfiy kalit. Saqlangandan keyin nuqtalar bilan yashiriladi; nuqtalarni o‘zgartirmasangiz eski kalit o‘zgarmaydi |
| Return URL (ixtiyoriy) | To‘lovdan keyin mijoz qaytadigan sahifa |
Click kabinetida xizmat sozlamasiga ikki manzil (webhook) yoziladi: …/v1/click/prepare va …/v1/click/complete (server manzilingiz bilan, masalan https://api.<sizning-domen>/v1/click/prepare).
Maslahat
Kalitlarni kiritgandan keyin kichik summali sinov to‘lovi qilib, zakaz sahifasida to‘lov tushganini tekshiring.