Davomat
Bu sahifada davomat qanday hisoblanishi yozilgan: ish zonasi, «keldi» va «ketdi» qachon yoziladi, Face ID terminali qoidasi, kechikish, ishlagan vaqt va qo‘shimcha vaqt. Har qoida raqamli misol bilan.
Jarima yo‘q
Davomat faqat faktni yozadi. Kechikish uchun jarima avtomatik qo‘llanmaydi — kerak bo‘lsa, buni odam qaror qiladi.
Ish zonasi
Ish zonasi (obyekt) — xaritadagi markaz nuqta va radius (metrda). HR uni CRM → «Obyektlar» bo‘limida belgilaydi va har obyektga ish vaqtini (boshlanish, tugash, kechikishga ruxsat daqiqalari) yozadi.
- Xodim obyektga biriktirilgan bo‘lsa — davomat faqat shu obyekt bo‘yicha.
- Biriktirilmagan bo‘lsa — telefonga eng yaqin obyekt olinadi.
- Masofa xarita bo‘yicha to‘g‘ri chiziqda (Yer egriligini hisobga olib) o‘lchanadi.
Zonada = masofa ≤ radiusMisol: radius 100 m. Xodim markazdan 85 m da — zonada. 130 m da — zonadan tashqarida.
Telefon qachon joylashuv yuboradi
- Faqat ish kunlari va ish vaqti oralig‘ida: avval xodim obyektining ish vaqti, u bo‘lmasa admin sozlagan umumiy kuzatuv vaqti (standart 08:00–18:00).
- Telefon taxminan har 10 metr harakatda yoki 20 soniyada joylashuvni tekshiradi; serverga eng ko‘pi bilan har 25 soniyada bir marta yuboradi.
- Chegaradan o‘tganini sezsa — kutmasdan darhol yuboradi.
- Server faqat oxirgi nuqtani saqlaydi, yurgan yo‘l tarixi saqlanmaydi.
Diqqat
Ish vaqti tugagandan keyin telefon joylashuv yubormaydi. Shuning uchun ish vaqtidan keyin zonadan chiqish telefon orqali avtomatik «ketdi» bo‘lib yozilmasligi mumkin — bunday holatda ketish Face ID, kiosk yoki qo‘lda belgilanadi.
«Keldi» va «Ketdi» — avtomatik qoidalar
Har bir joylashuv kelganda server bugungi oxirgi yozuvga qaraydi:
| Holat | Natija |
|---|---|
| Zonada, bugun hali yozuv yo‘q yoki oxirgisi «ketdi» | Keldi |
| Zonada, oxirgisi «obedga chiqdi» | Obeddan qaytdi |
| Zonadan uzoqda, xodim ishda, tushlik vaqti emas | Ketdi |
| Zonadan uzoqda, xodim ishda, tushlik vaqti | Obedga chiqdi |
Chiqish uchun zaxira masofa
Chegarada GPS sakrab yolg‘on «ketdi» bermasligi uchun:
Ketdi = masofa > radius + chiqish zaxirasi (zaxira standart 25 m)Bundan tashqari, «ketdi» oxirgi yozuvdan kamida 2 daqiqa o‘tgach yoziladi (sozlanadi).
Telefonning o‘zi ham chegarani 20 m zaxira bilan kuzatadi: zonaga kirish — radius ichida, chiqish — radius + 20 m dan uzoqda. Shunda chegarada turganda bildirishnoma qayta-qayta chiqmaydi.
Misol: radius 100 m, zaxira 25 m.
| Masofa | Natija |
|---|---|
| 95 m | Zonada — keldi |
| 115 m | Hali «ketdi» emas (zaxira ichida) |
| 140 m | 140 > 125 — ketdi (oxirgi yozuvdan 2 daqiqa o‘tgan bo‘lsa) |
Takror yozuvdan himoya
Bir xil turdagi yozuv (masalan, ikki marta «keldi») 2 daqiqa ichida takrorlansa, ikkinchisi yozilmaydi.
Zonadan tashqarida belgilash
Qo‘lda yoki boshqa yo‘l bilan zonadan tashqarida belgilangan yozuv ham saqlanadi, lekin «zona tashqarisida» deb belgilanadi va xodimga «HR tekshiradi» degan ogohlantirish chiqadi.
Tushlik oynasi
Admin tushlik vaqtini sozlaydi (standart 13:00–14:00). Bu oraliqda zonadan chiqish «ketdi» emas, «obedga chiqdi» deb yoziladi. Qaytganda (soat nechada bo‘lishidan qat’i nazar) «obeddan qaytdi». Tushlik oynasi bo‘sh qoldirilsa — o‘chiq: har chiqish «ketdi» bo‘ladi.
Tushlik yozuvlari kunning birinchi kelishi va oxirgi ketishini o‘zgartirmaydi.
Face ID va kiosk terminali
Eshikdagi yuz tanish terminali yoki kiosk bitta skan qilganda kirish yoki chiqishni quyidagicha tanlaydi:
- Terminal yo‘nalishni aniq bersa (kirish eshigi / chiqish eshigi) — o‘sha yoziladi.
- Xodim tashqarida edi → keldi.
- Xodim ichkarida va telefoni joylashuvni yaqinda yuborgan (so‘nggi 15 daqiqa ichida) → hech narsa yozilmaydi: bu qayta kirish, ketishni telefon zonasi aniqlaydi.
- Xodim ichkarida, telefon joylashuvi yo‘q → oxirgi kelishdan kamida 30 daqiqa o‘tgan bo‘lsa ketdi, aks holda hech narsa yozilmaydi.
Misol: telefoni yo‘q xodim 09:00 da kirdi. 09:20 da yana yuzini ko‘rsatdi — 20 < 30, yozilmaydi. 18:05 da ko‘rsatdi — ketdi.
Shu qoida sabab ichkarida yuzni qayta ko‘rsatish soxta «ketdi» bermaydi.
Kunlik hisob
Har kun uchun:
Kelgan vaqt = kunning eng birinchi «keldi» yozuvi
Ketgan vaqt = kunning eng oxirgi «ketdi» yozuvi
Ishlagan vaqt = Ketgan vaqt − Kelgan vaqtIshlagan vaqt ichidan tushlik ayrilmaydi — bu kelish va ketish orasidagi to‘liq vaqt.
Misol: keldi 09:12, obedga chiqdi 13:00, qaytdi 13:55, ketdi 18:05.
Ishlagan vaqt = 18:05 − 09:12 = 8 soat 53 daqiqaIsh grafigi qayerdan olinadi
Kechikish va qo‘shimcha vaqt uchun ish boshlanishi, tugashi va ruxsat daqiqalari shu tartibda olinadi:
- Xodimga biriktirilgan ish grafigi (CRM'da) — boshlanish, tugash, ruxsat daqiqalari;
- grafik bo‘lmasa — xodim obyektining ish vaqti;
- u ham bo‘lmasa — boshlanish 09:00, ruxsat 0 daqiqa, tugash vaqti yo‘q.
Kechikish
Agar Kelgan vaqt ≤ Ish boshlanishi + Ruxsat daqiqalari → kechikish = 0
Aks holda → kechikish = Kelgan vaqt − Ish boshlanishiE’tibor bering: ruxsatdan oshib ketsa, kechikish ish boshlanishidan hisoblanadi, ruxsat ayrilmaydi.
Misol: ish 09:00 dan, ruxsat 10 daqiqa.
| Keldi | Kechikish |
|---|---|
| 08:55 | 0 |
| 09:08 | 0 (ruxsat ichida) |
| 09:12 | 12 daqiqa (2 emas) |
| 09:40 | 40 daqiqa |
Kechikish bo‘lsa kun holati «Kechikkan», aks holda «Ishga keldi».
Qo‘shimcha vaqt
Agar Ish tugashi belgilangan va Ketgan vaqt > Ish tugashi
Qo‘shimcha vaqt = Ketgan vaqt − Ish tugashi
Aks holda
Qo‘shimcha vaqt = 0Ish tugash vaqti belgilanmagan bo‘lsa qo‘shimcha vaqt hisoblanmaydi.
Misol: ish 18:00 da tugaydi. Xodim 19:20 da ketdi:
Qo‘shimcha vaqt = 19:20 − 18:00 = 80 daqiqa (1 soat 20 daqiqa)Qo‘shimcha vaqt oylikka avtomatik qo‘shilmaydi — Oylik va bonus.
Sozlamalar jadvali
Barcha qiymatlarni administrator CRM sozlamalarida o‘zgartiradi.
| Sozlama | Standart | Nimaga ta’sir qiladi |
|---|---|---|
| Obyekt radiusi | obyektga qarab | Zonada yoki yo‘qligi |
| Chiqish zaxirasi | 25 m | «Ketdi» uchun radiusdan qancha uzoqlashish kerak |
| «Ketdi» uchun eng kam oraliq | 2 daqiqa | Oxirgi yozuvdan qancha vaqt o‘tgach «ketdi» yoziladi |
| Telefon joylashuvi «yaqinda» chegarasi | 15 daqiqa | Face ID: ichkaridagi xodim telefoni tirikmi |
| Face ID: eng qisqa smena | 30 daqiqa | Telefonsiz xodimni terminal «ketdi» qilishi uchun |
| Tushlik oynasi | 13:00–14:00 | Chiqish «ketdi» yoki «obedga chiqdi» |
| Umumiy kuzatuv vaqti | 08:00–18:00 | Obyekt ish vaqti bo‘lmasa, telefon qachon joylashuv yuboradi |
| Obyekt ish vaqti va ruxsat daqiqalari | obyektga qarab | Kechikish va qo‘shimcha vaqt |
Davomat tarixi va hisobotlar
- HODIM ilovasi — xodimning o‘z kuni va so‘nggi 30 kuni: jami ishlangan, qo‘shimcha vaqt, ish kunlari (HODIM).
- ADMINISTRATSIYA → Davomat — oylik jurnal va har kun batafsil (ADMINISTRATSIYA).