Skip to content

Rollar: kim nima qiladi ​

Kim uchun: xodimlarni qo‘shadigan administrator va kadrlar bo‘limi, hamda «nega menda bu tugma yo‘q?» deb so‘raydigan har bir xodim uchun. Bu sahifada tizimdagi rollar, har bir rol nimaga ruxsat berishi va qaysi dasturda ishlashi yozilgan.

Rol nima va nega kerak ​

Har bir xodimga CRM’da bir yoki bir nechta rol beriladi. Rol xodim nimani ko‘rishi va nima qila olishini belgilaydi. Masalan, menejer o‘z mijozlari va zakazlarini ko‘radi, lekin boshqa menejerlarnikini ko‘rmaydi; omborchi mahsulot kirim-chiqimini yozadi, lekin kassadagi pulga tegmaydi.

Nega bunday ajratilgan

Ruxsatlar serverda tekshiriladi, faqat dasturda tugmani yashirish bilan cheklanmaydi. Shuning uchun xodim boshqa dastur orqali ham o‘ziga ruxsat berilmagan amalni bajara olmaydi. Bu pul va ma’lumotni tasodifiy yoki ataylab buzishdan saqlaydi.

Rol CRM → Hodimlar → xodim sahifasida beriladi. Rolsiz xodim tizimga kirsa ham, hech narsa ko‘rmaydi.

Rollar jadvali ​

RolNomiNima qila oladiAsosiy dasturi
super_adminSuper administratorHamma narsa: barcha bo‘limlar, sozlamalar, xodimlar, rollar. Zakazni istalgan bosqichda boshqaradiCRM, ADMINISTRATSIYA, hamma dasturlar
directorRahbarBarcha zakazlar, mijozlar va moliyani ko‘radi; to‘lov, xarajat va oyliklarni tasdiqlaydi; «Sexga ruxsat» beradi; davomat, kameralar, hisobotlar, inventarizatsiya; ba’zi sozlamalarni o‘zgartiradi; modullarni tasdiqlaydiADMINISTRATSIYA, CRM, BUXGALTERIYA
head_managerBosh menejerBarcha zakaz va mijozlar; menejer zakazlarini tasdiqlaydi yoki rad etadi; dizaynni qabul qiladi yoki qaytaradi; zakazni bosqichlar bo‘yicha o‘tkazadi; modullarni tasdiqlaydi; ombor qoldig‘ini ko‘radi (faqat o‘qish)MENEJER, CRM, HODIM
managerMenejer (savdo)O‘z mijozlari va zakazlari: yaratish, tahrirlash, narx hisobi, fayl yuklash, tasdiqqa yuborish, zakazni bekor qilishMENEJER, HODIM
designerDizaynerO‘ziga biriktirilgan dizayn vazifalari; maket chizish va topshirish; zakazlarni ko‘rishDIZAYNER
prepressPrepress / CTPDizayn vazifalari va fayllarni ko‘radi, fayl yuklaydi; modullarni ko‘rib chiqadiCRM
accountantBuxgalterTo‘lovlar, kassa, bank ko‘chirmasi, xarajat, oylik hisobi; mijoz qarzlari; «Sexga ruxsat»; oyni yopish; ombor hisobotini faqat ko‘radiBUXGALTERIYA
cashierKassirPul kirimi va chiqimi (kassa), chekOMBOR (kassa bo‘limi), HODIM, BUXGALTERIYA
workshop_headSex boshlig‘iBarcha ishlab chiqarish ishlari, stanoklar, sifat nazorati; zakazni sexga va sifat bosqichlarida o‘tkazadi; ombordan chiqim yozadi; sex davomatiCRM, ISHLOV
operatorStanok operatoriO‘z ishlarini boshlaydi va yakunlaydi, son va brakni kiritadiISHLOV, STANOK
qcSifat nazoratchisiSifat tekshiruvlari; zakazni «Tayyor»ga o‘tkazadi yoki qayta ishlovga qaytaradiCRM
storekeeperOmborchiOmbor: mahsulot, kirim-chiqim, rezerv, inventarizatsiya, xarid; zakazlarga material beradi; naqladnoy chiqaradi. Zakaz qabul qila oladi (tannarx va foyda ko‘rinmaydi). Pulga tegmaydiOMBOR, MENEJER
courierKuryerO‘z yetkazishlari; tayyor zakazni yetkazishga o‘tkazadiHODIM
hrKadrlarXodimlar, yuz ro‘yxati, davomat, qurilmalar, kameralar; foydalanuvchi qo‘shish va bloklashCRM, HODIM

Maslahat

Bitta odamga bir nechta rol berish mumkin. Masalan, kichik korxonada bosh menejer ayni paytda menejer bo‘lishi mumkin. Ruxsatlar qo‘shilib ketadi.

Dasturlarga kirish cheklovlari ​

Ba’zi dasturlar faqat ma’lum rollarni ichkariga kiritadi:

DasturKim kira oladi
OMBOROmborchi, kassir, super administrator
ADMINISTRATSIYARahbar, super administrator
BUXGALTERIYABuxgalter, kassir, rahbar, super administrator
ISHLOVSinov davrida har qanday faol xodim (keyin faqat ruxsati borlar)
CRM «Sozlamalar»Super administrator
CRM «Buxgalteriya sozlamalari», «Yuklamalar»Rahbar, super administrator

Omborchi va kassir

Omborchi va kassir bir-biriga aralashmaydi: omborchida pul ruxsatlari yo‘q, kassirda ombor ruxsatlari yo‘q. Ikkalasi ham OMBOR dasturiga kiradi, lekin har biri o‘z menyusini ko‘radi.

Zakaz bosqichlarida kim nima qiladi ​

Zakaz holatini kim o‘zgartira olishi rolga bog‘liq. Qisqacha:

QadamKim
Zakaz yaratish, narx, dizaynga yuborishMenejer, bosh menejer, omborchi
Maketni topshirishDizayner (faqat o‘ziga biriktirilgan zakaz)
Dizaynni qabul qilish, keyingi tasdiqBosh menejer
«Sexga ruxsat»Buxgalter, rahbar
Sexga navbatga qo‘yishSex boshlig‘i yoki ombor material bergach avtomatik
Ishni boshlash va yakunlashOperator, sex boshlig‘i
Sifat: «Tayyor» yoki «Qayta ishlov»Sifat nazoratchisi, sex boshlig‘i
Topshirish va yakunlashOmborchi (naqladnoy), menejer, bosh menejer, kuryer
Bekor qilishMenejer, bosh menejer, super administrator

Batafsil — Zakazning yo‘li sahifasida.

Muhim cheklovlar ​

  • O‘zini o‘zi tasdiqlab bo‘lmaydi. Ikki kishi tasdig‘i talab qilinadigan amallarda (masalan, profil o‘zgarishi yoki pul tasdiqlari) xodim o‘z so‘rovini o‘zi tasdiqlay olmaydi.
  • Tannarx va foyda faqat moliyaviy ruxsati bor rollarga ko‘rinadi.
  • Super administrator yagona bo‘lsa, uni boshqa rolga tushirib bo‘lmaydi — aks holda tizimni boshqaradigan odam qolmaydi. Avval ikkinchi super administratorni tayinlang.
  • Super administrator rolini faqat super administrator beradi yoki oladi.

CRM: hodim formasi, rol tanlash

M-PRINT — bosmaxona boshqaruv tizimi