Skip to content

BUXGALTERIYA ​

BUXGALTERIYA — buxgalter uchun kompyuter (Windows, Linux) dasturi. Unda korxonaning barcha pul harakati (kassa va bank), bank vipiskasi, mijozlar va taʼminotchilar qarzi, shartnomalar, xarajatlar, oylik va avans, hisobotlar yuritiladi. Har raqam bosilsa, uning manba hujjati ochiladi.

Maslahat

Bu sahifadagi rasmlar namuna (sinov) maʼlumotlari bilan olingan. Haqiqiy dasturda menyuda faqat sizning rolingizga ruxsat etilgan bo‘limlar ko‘rinadi.

Kirish ​

Kirish oynasi

  1. Login yoki telefon va parolni kiriting, Kirish ni bosing.
  2. Agar hisobingizda ikki bosqichli tasdiq yoqilgan bo‘lsa, autentifikator ilovasidagi 6 xonali kodni kiriting. Telefon yo‘q bo‘lsa — «Zaxira kod bilan kirish».
  3. Shu kompyuterda birinchi marta kirsangiz, PIN-kod o‘rnating: 6 ta raqam, ikki marta. Juda oddiy PIN (123456, 111111) qabul qilinmaydi.

PIN-kod o‘rnatish

Ekran qulfi va PIN ​

  • Ish joyidan ketayotganda chap pastdagi Ekranni qulflash ni bosing. Uzoq harakatsizlikda ekran o‘zi qulflanadi.
  • Qulfni PIN bilan ochasiz. Noto‘g‘ri PIN ko‘p marta kiritilsa, bir muddat kutish kerak bo‘ladi.
  • PIN esdan chiqsa — «PIN-kodni unutdingizmi?»: login va parol bilan qayta kirib, yangi PIN o‘rnatasiz.
  • Qulfni ochish uchun server bilan aloqa bo‘lishi kerak.

Ekran qulfi

Diqqat

Avval eksport qilingan Excel, PDF va CSV fayllar qulf bilan o‘chirilmaydi — ularni kompyuterda o‘zingiz saqlang yoki o‘chiring.

Bosh panel ​

Kirgandan keyin ochiladigan sahifa. Unda: kassa va bank qoldig‘i, bugungi kirim va chiqim, mijozlar qarzi (muddati o‘tgani bilan), bizning qarzimiz (taʼminotchilarga), muddati o‘tgan to‘lovlar, oylik fondi qoldig‘i, qarz muddatlari bo‘yicha taqsimot, tasdiq kutayotgan amallar, pul oqimi grafigi va «Bugun bajarish kerak» ro‘yxati.

Bosh panel

Yuqori panelda: umumiy qidiruv (hujjat, mijoz, xodim yoki summa), filial, server bilan aloqa belgisi (Online / Oflayn), bildirishnomalar va profil.

Menyu bo‘limlari ​

GuruhBo‘limNima uchun
AsosiyBosh panelUmumiy holat
PulKirim-chiqimBarcha pul yozuvlari: qo‘shish, ko‘rish, bekor qilish
KassaNaqd va karta yozuvlari jurnali
Bank va vipiskaBank hisoblari, vipiska importi, moslashtirish, solishtirish
Kassirga o‘tkazishBankdan kassir kartasiga pul o‘tkazish
To‘lov taqvimiKutilayotgan kirim va chiqimlar muddatlari
Qarzlar va xarajatlarMijozlar, Mijozlar qarziMijozlar ro‘yxati, qarzlar, shartnomalar
TaʼminotchilarBizning qarzimiz
XarajatlarXarajat hujjatlari va ularni to‘lash
Xodimlar va omborOylik va avansOylik hisobi, avanslar, ommaviy to‘lov
Ombor qiymati, Ombor hisobotlariOmbor — faqat ko‘rish
Naqladnoy narxiOmborchi kiritgan naqladnoylarga narx qo‘yish
TahlilHisobotlarKunlik, oylik, yillik, ish haqi fondi, qarz muddatlari
NazoratTasdiqlar, Davrni yopishKatta chiqimlarni tasdiqlash, kun va oyni yopish
Qo‘shimchaQarzdorlar, Zakaz bonuslari, TaʼsischilarQo‘ng‘iroqlar, menejer bonuslari, taʼsischilar hisobi

Pul harakati (Kirim-chiqim) ​

Kirim-chiqim ro‘yxati

Ro‘yxatda davr, yo‘nalish (kirim / chiqim), hisob, modda, xodim va kim kiritgani bo‘yicha filtr bor. Pastda sahifa jami va umumiy jami. Excel / PDF / CSV tugmalari joriy filtr bo‘yicha hamma qatorni (faqat ko‘rinayotgan sahifani emas) faylga chiqaradi.

Kirim qo‘shish ​

  1. Yuqoridagi Kirim qo‘shish ni bosing.
  2. Operatsiya turini tanlang (masalan «Mijozdan tushum»).
  3. Kontragent maydoniga kamida 2 harf yozing va ro‘yxatdan tanlang.
  4. Summa, kassa yoki bank hisobi, to‘lov usuli va sanani kiriting.
  5. Mijozdan tushum bo‘lsa, «Qarzga taqsimlash» bo‘limida pul qaysi zakaz qarzini yopishini belgilang (yoki «Eskisidan boshlab taqsimlash» ni bosing). Taqsimlanmagan qism qolsa — «Qolganini mijoz avansi sifatida qoldirish» ni belgilang.
  6. O‘ng tomondagi Natija blokida hisob qoldig‘i qanday o‘zgarishini tekshiring va Hisobga olish ni bosing.

Kirim formasi

Chiqim ham xuddi shunday, faqat modda (xarajat turi) majburiy; «Boshqa» moddasi uchun izoh majburiy. Katta chiqim tasdiqqa yuborilishi mumkin.

Maslahat

Enter — keyingi maydonga o‘tadi, Ctrl+S — qoralama sifatida saqlaydi. Qoralama qoldiqqa taʼsir qilmaydi.

Yozuvni ko‘rish va bekor qilish ​

Qatorni bosing — batafsil sahifa ochiladi: summa, hisob, usul, kontragent, kim kiritgan, manba, qarzga taqsimot, ilovalar va o‘zgarishlar tarixi.

Pul yozuvi batafsil

  • Kirim orderi (PKO) / Chiqim orderi — kassa orderini PDF qilib chop etish.
  • Bekor qilish (teskari yozuv) — yozuv o‘chirilmaydi: teskari yozuv qo‘shiladi va qoldiqlar tiklanadi. Sabab yozish majburiy.
  • O‘chirishni so‘rash — yozuvni kassir yoki omborchi kiritgan bo‘lsa, siz sabab bilan so‘rov yuborasiz; ular OMBOR dasturidagi «Tasdiqlash» bo‘limida tasdiqlaydi yoki rad etadi.
  • Fayl qo‘shish — chek yoki to‘lov topshiriqnomasini (PDF/JPG/PNG/WEBP, 10 MB gacha) biriktirish.

«Tanlanmagan» to‘lov usuli ​

Eski daftardan ko‘chirilgan baʼzi yozuvlarda usul yo‘q — ular «Tanlanmagan» deb ko‘rinadi. Bunday yozuvni ochganda «To‘lov usulini belgilang» bloki chiqadi: Naqd yoki Karta ni bosing. Usul faqat bir marta belgilanadi — keyin o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Kassa ​

Kassa

Kassa bo‘limida naqd va karta yozuvlari jurnali turadi: davr kirimi, davr chiqimi va pul natijasi (kirim − chiqim). Filtrlar va eksport «Kirim-chiqim» dagi kabi. So‘rovlar tugmasi — kassir va omborchiga yuborilgan o‘zgartirish so‘rovlaringiz holati.

Kassirlar o‘z yozuvlarini OMBOR dasturining kassa qismida kiritadi — ular shu yerda darhol ko‘rinadi. Batafsil: OMBOR va kassa.

Bank vipiskasi ​

Menyu: Bank va vipiska. To‘rtta yorliq: Harakatlar, Vipiskalar, Moslashtirish, Solishtirish. Hisob kartasini bossangiz — o‘sha hisobning bank kitobi ochiladi.

Bank va vipiska

Vipiskani yuklash (import) ​

  1. Vipiska importi ni bosing.
  2. Bank hisobini tanlang. Format — «Avto» (CSV, 1C txt yoki XLSX).
  3. Faylni tanlash → Yuklash va tekshirish.
  4. Agar fayl ustunlari tanilmasa, «Ustunlarni moslashtirish» bosqichida har ustun nimani bildirishini tanlang (sana va summa majburiy).
  5. Tekshiruv natijasini ko‘ring:
    • Jami qatorlar = Yaroqli + Xato + Dublikat — sonlar mos bo‘lishi kerak;
    • fayldagi hisob raqami to‘liq mos bo‘lmasa — import bloklanadi;
    • saldo tekshiruvi: boshlang‘ich + kirim − chiqim = yakuniy;
    • xato qatorlar sababi bilan pastda ko‘rsatiladi.
  6. Hisobga olish ni bosing — yaroqli qatorlar moslashtirish navbatiga tushadi.

Vipiska importi

Diqqat

Bitta faylni bitta hisobga ikki marta yuklab bo‘lmaydi. Asl fayl o‘zgartirilmasdan saqlanadi (nomi, kim va qachon yuklagani bilan).

Moslashtirish ​

Moslashtirish yorlig‘ida bank qatorlari turadi: «Moslanmagan», «Qisman moslangan», «Moslangan». Qatorni bosing:

Qatorni moslashtirish

  1. Takliflar blokida dastur mos keladigan zakaz yoki pul yozuvlarini nega mos kelgani bilan ko‘rsatadi (kontragent nomi, STIR, summa, to‘lov maqsadidagi shartnoma raqami). Taklif avtomatik tanlanmaydi.
  2. Mavjud pul yozuvi bo‘lsa — Qo‘shish yoki Pul yozuvini qidirish bilan tanlab, Bog‘lash ni bosing. Bir qator bir nechta yozuvga qism-summalar bilan bog‘lanishi mumkin.
  3. Pul yozuvi hali yo‘q bo‘lsa — «Qolganini yangi pul sifatida yozish»: turini tanlang (Mijozdan tushum, Taʼminotchidan qaytim, Boshqa kirim...). Bank komissiyasi bo‘lsa alohida kiriting: masalan mijoz 1 000 000 to‘lagan, komissiya 20 000 — bankka 980 000 tushadi.
  4. Mijozdan kelgan, zakazga taqsimlanmagan qism mijoz avansi bo‘lib qoladi.

Xato bog‘langan bo‘lsa — Moslashtirishni bekor qilish: bog‘lanish tarixda qoladi, qator yana navbatga qaytadi.

Solishtirish ​

Solishtirish yorlig‘ida hisob va davr tanlanadi: bank (vipiska) va dastur qoldiqlari yonma-yon. Farq nolga teng bo‘lmasa — moslanmagan qatorlar, yo‘ldagi pul va hisobga olinmagan komissiya ro‘yxati chiqadi. Farq nol bo‘lganda Solishtirishni tasdiqlash mumkin.

Solishtirish

Mijozlar qarzi ​

Mijozlar qarzi

Yuqorida: jami qarz, muddati o‘tgan qarz, mijoz avanslari va qarz muddatlari bo‘yicha taqsimot (muddati kelmagan, bugun, 1–7 kun, 8–14, 15–30, 31–60, 61+ kun, muddat nomaʼlum). Jadvalda har mijoz: qarz, muddati o‘tgani, avans, eng yaqin muddat, kechikish kunlari, zakazlar soni, menejer va holat.

Mijozni bossangiz — uning kartasi: ochiq zakazlar (har biri qarz va to‘lov muddati bilan) va so‘nggi to‘lovlar.

Mijoz kartasi

To‘lov muddatini o‘zgartirish:

  1. Mijoz kartasida zakazni toping va Muddatni o‘zgartirish ni bosing.
  2. Yangi sanani tanlang va sababni yozing (majburiy).
  3. Saqlang — eski sana tarixda qoladi va avtomatik hisob uni endi o‘zgartirmaydi.

Qarz, avans va muddat qanday hisoblanishi: Qarz, avans, to‘lov.

Shartnomalar ​

Mijozlar qarzi sahifasidagi Shartnomalar tugmasi barcha zakaz shartnomalarini ochadi (faqat ko‘rish): raqam, sana, mijoz va STIR, zakaz raqami, summa, to‘langan, qarz, to‘lov holati va versiya.

Shartnomalar

  • Qatorni bosing — shartnoma PDF ochiladi.
  • Qatordagi to‘lovlar belgisi — shu zakaz bo‘yicha kirim yozuvlari («Buyurtma to‘lovlari»).
  • Filtr: to‘lov holati (to‘langan, qisman, to‘lanmagan, bekor qilingan) va saralash (sana, qarz, summa).
  • Agar zakaz summasi shartnomadan keyin o‘zgargan bo‘lsa, summa ustida shartnomadagi asl summa ko‘rsatiladi.

Ombor va kassa — faqat ko‘rish ​

Ombor qiymati bo‘limida materiallarning oylik saldosi pulda ko‘rinadi: oy boshi, kirim, chiqim, oy oxiri (miqdor va summa). Bu yerda hech narsa o‘zgartirilmaydi — harakatlar OMBOR dasturida yoziladi. Qiymat o‘rtacha narx bo‘yicha taxminiy.

Ombor qiymati

Ombor hisobotlari (ruxsat bo‘lsa) — OMBORʼdagi yettita hisobotning o‘zi, faqat ko‘rish uchun. Formulalar: Ombor qoldig‘i.

Hisobotlar ​

Hisobotlar

Yorliqlar: Kunlik, Oylik, Yillik, Ish haqi fondi, Qarzlar muddati. Har hisobot davr bo‘yicha filtrlanadi va Excel / PDF ga chiqariladi; har raqam bosilsa, uning tarkibidagi yozuvlar ochiladi.

Tez-tez bajariladigan ishlar ​

Mijoz bankdan to‘lagan pulni zakazga yozish ​

  1. Bank va vipiska → Vipiska importi — kunlik vipiskani yuklang va hisobga oling.
  2. Moslashtirish yorlig‘ida mijozning qatorini oching.
  3. Takliflarda kerakli zakazni toping va To‘ldirish ni bosing (yoki «Qolganini yangi pul sifatida yozish» → «Mijozdan tushum»).
  4. Saqlang — zakaz qarzi kamayadi, ortiqcha qism mijoz avansi bo‘ladi.

Xato kiritilgan yozuvni tuzatish ​

  1. Kirim-chiqim da yozuvni toping va oching.
  2. O‘zingiz kiritgan bo‘lsangiz — Bekor qilish (teskari yozuv) ni bosing va sababni yozing; keyin to‘g‘ri yozuvni qaytadan kiriting.
  3. Kassir yoki omborchi kiritgan bo‘lsa — O‘chirishni so‘rash ni bosing; ular OMBORʼda tasdiqlaydi.

Kun yakunida kassani tekshirish ​

  1. Kassa bo‘limida bugungi davrni tanlang.
  2. Kirim, chiqim va natijani ko‘ring; «Tanlanmagan» usulli yozuvlar bo‘lsa, usulini belgilang.
  3. Davrni yopish bo‘limida kunni yoping: kassa sanog‘i va bank qoldig‘i tizim bilan solishtiriladi va kun surati saqlanadi. Kun yopilishi yozuvlarni to‘smaydi — keyin o‘zgarish bo‘lsa, «qayta yopish» so‘raladi. Oy esa qulflanadi: qulflangan oyga yangi yozuv, storno va tuzatish kiritilmaydi (ochish — sabab va ikkinchi masʼul tasdig‘i bilan).

Muddati o‘tgan qarzdorlarni ko‘rish ​

  1. Mijozlar qarzi — saralashdan «Muddati o‘tgani bo‘yicha» yoki «Kechikish kunlari» ni tanlang: eng katta qarzdorlar tepaga chiqadi.
  2. Mijoz kartasidan ochiq zakazlarni ko‘ring; kerak bo‘lsa To‘lov qabul qilish yoki Muddatni o‘zgartirish.
  3. Qo‘ng‘iroqlar tarixi uchun — Qarzdorlar bo‘limi.

M-PRINT — bosmaxona boshqaruv tizimi