Skip to content

Stanoklar va ISHLOV planshetlari ​

Kim uchun: administrator va sex boshlig‘i (planshetlarni sozlash huquqi bor xodim).

Zakaz sexga to‘g‘ri yetib borishi uchun uchta narsa sozlanadi: ISHLOV planshetlari qanday ishlashi, har stanok qaysi operatsiyani bajarishi, va har ishlov qaysi operatsiyaga to‘g‘ri kelishi.

Kirish: CRM → Ishlab chiqarish → Planshetlar (ISHLOV).

Planshetlar yorlig‘i

ISHLOV rejimi ​

RejimQachon tanlanadi
Zakazlar rejimi (1 ta planshet — stanok tanlanmaydi)Sexda bitta umumiy planshet bo‘lsa. Hamma zakazlar holat bo‘yicha ko‘rinadi
Stanok rejimi (har stanokka alohida planshet)Har stanok yonida o‘z planshet bo‘lsa. Har planshet bitta stanokka biriktiriladi

Tugmani bosish bilan rejim o‘zgaradi. Planshet keyingi kirishda yangi rejimda ochiladi; allaqachon stanokka biriktirilgan planshetlar o‘zgarmaydi.

Ulangan planshetlar ​

Planshetni ulash uchun kod kerak emas: operator planshetda ISHLOV ilovasiga login va parol bilan kiradi va birinchi kirishda stanokni tanlaydi. Planshet shu ro‘yxatda paydo bo‘ladi.

AmalNima qiladi
UzishPlanshet stanokdan ajratiladi va qayta ulanmaguncha ishlamaydi. Sabab yozish majburiy (kamida 3 belgi). Faol ish bo‘lsa uzish rad etiladi; mas’ul qarori bilan «Faol ishga qaramay majburan uzish» belgilanishi mumkin. Yuborilmagan yozuvlar o‘chmaydi
BloklashYangi ish boshlash bloklanadi, sozlama va tarix saqlanadi. Sabab yoziladi
Blokdan chiqarishPlanshet qayta ishlaydi

Planshetni boshqa stanokka ko‘chirish — avval «Uzish», keyin planshetda qayta kirib yangi stanokni tanlash.

Stanoklar profili ​

Stanoklar profili

Qaysi stanok qaysi operatsiyani bajaradi. Server stanokda unga yozilmagan operatsiyani boshlashga ruxsat bermaydi. Ishlab chiqarishga tushgan ishlar mos keladigan (operatsiyani bajara oladigan) stanokka avtomatik tushadi.

Sozlash:

Stanok profilini sozlash

  1. Stanok qatoridagi «Sozlash» ni bosing.
  2. Ishlov profili — Lak, Laminatsiya, Kesish / tigel, Buklash / yelimlash yoki Boshqa ishlov. Planshet ekrani shu profilga moslashadi.
  3. Bajariladigan operatsiyalar — shu stanokda qilinadigan operatsiyalarni belgilang (masalan lak mashinasida — Lak).
  4. Qurish / kutish (daqiqa) — masalan lakdan keyin qurish vaqti.
  5. Ish tugaganda sarf (gramm) kiritish majburiy — belgilansa, operator ishni yakunlaganda material sarfini kiritmasdan yopa olmaydi (lak, laminatsiya uchun foydali).
  6. «Saqlash».

«Hodim qo‘shish» — stanokka xodimlarni biriktirish sahifasi. Profili yo‘q stanokda «Sozlanmagan» yoziladi; bunday stanokdagi ishlarni planshetdan boshlab bo‘lmaydi.

Ishlovni operatsiyaga bog‘lash ​

Ishlov → operatsiya

«Qo‘shimcha ishlovlar → operatsiya» jadvali. Zakazda tanlangan har ishlov ishlab chiqarish marshrutiga operatsiya sifatida qo‘shiladi.

  1. Har ishlov qatorida Operatsiya ro‘yxatidan mosini tanlang (masalan «Lak (UV)» → Lak, «Tigel (kesish)» → Tigel). Tanlov darhol saqlanadi.
  2. Marshrut ustuni: «Bog‘langan» yoki «Bog‘lanmagan».
  3. Stanok ustuni: shu operatsiyani bajara oladigan stanok. «Mos stanok yo‘q» bo‘lsa — yuqoridagi «Stanoklar profili»da biror stanokka shu operatsiyani qo‘shing.

Diqqat

Operatsiyasi bog‘lanmagan ishlov tanlangan zakaz ishlab chiqarishga o‘tmaydi. Yangi ishlov qo‘shgan zahoti uni shu yerda operatsiyaga bog‘lang. Faqat foizli bandlar (Ustama xarajat, chegirmalar, Hisoblama va kesish) operatsiya talab qilmaydi. CTP A3 / CTP A2 ham oddiy ishlov hisoblanadi — ularni ham operatsiyaga (masalan CTP) bog‘lang, aks holda CTP tanlangan zakaz to‘xtab qoladi.

Marshrut xatolari ​

Jadval ostida: ishlab chiqarish navbatiga o‘tmagan buyurtmalar — sababi (ishlov operatsiyaga bog‘lanmagan yoki operatsiya nofaol) va sanasi bilan. Sababni tuzatgach zakazni qayta yuboring yoki mas’ul menejerga ayting.

Batafsil: ISHLOV (planshet), CRM → Ishlab chiqarish.

M-PRINT — bosmaxona boshqaruv tizimi