Skip to content

Oylik va bonus ​

Bu sahifada xodim oyligi qanday hisoblanishi yozilgan: oylik turlari, ishbay (donabay), menejer bonusi, avans va qoldiq. Har formula raqamli misol bilan.

Oylik qanday yig‘iladi ​

Buxgalter oyni tanlab «Hisoblash» ni bosganda har faol xodimga oylik qoralamasi tuziladi:

Jami oylik = Asosiy qism + Ishbay + Bonus (qo‘lda) + Avtomatik bonuslar − Jarima
QismQayerdan olinadi
Asosiy qismXodimning oylik turiga qarab (pastdagi jadval)
IshbayShu oyda yakunlangan ishlardan (planshetdagi sonlar)
Bonus (qo‘lda)Buxgalter qoralamada kiritadi
Avtomatik bonuslarMenejer zakaz bonusi, mijoz taklif qilish mukofoti
JarimaBuxgalter qoralamada kiritadi

Qoralamani qayta hisoblash mumkin — qo‘lda kiritilgan bonus va jarima saqlanib qoladi. Tasdiqlangan oylik qayta hisoblanmaydi; o‘zgartirish faqat alohida tuzatish hujjati bilan.

Ikki kishi qoidasi

Oylikni tayyorlagan (hisoblagan yoki bonus-jarima kiritgan) xodim uni o‘zi tasdiqlay olmaydi — boshqa vakolatli shaxs tasdiqlaydi. Faqat tasdiqlangan oylik to‘lanadi.

Oylik turlari ​

Oylik turi har xodimga CRM → Hodimlar → xodim sahifasida belgilanadi.

TurAsosiy qismIshbay qo‘shiladimi
Fiksa (oylik)Belgilangan oylik summasiHa, ishbay bo‘lsa qo‘shiladi
Donabay0Ha — butun daromad ishbaydan
FoizXodim menejer bo‘lgan zakazlar summasi × foizHa, ishbay bo‘lsa qo‘shiladi

Agar xodimga oylik summasi kiritilmagan bo‘lsa, admin sozlamasidagi umumiy standart oylik olinadi (odatda 0).

Fiksa oylik — misol ​

Belgilangan oylik 6 000 000 so‘m, ishbay yo‘q, buxgalter 300 000 so‘m bonus va 100 000 so‘m jarima kiritdi:

6 000 000 + 0 + 300 000 − 100 000 = 6 200 000 so‘m

Foiz — misol ​

Menejerning oylik foizi 5%. Noyabrda u menejer bo‘lgan zakazlar (bekor qilinganlardan tashqari, shu oyda yaratilgan) jami 80 000 000 so‘m:

Asosiy qism = 80 000 000 × 5 ÷ 100 = 4 000 000 so‘m

Ishbay (donabay) ​

Ishbay har bir yakunlangan ish uchun yoziladi: planshetda ishni yakunlagan operatorga, ish tugagan oy hisobiga. Bitta ish bir marta yoziladi.

Ishbay soni = Jami ishlangan − Brak
Ishbay summasi = Ishbay soni × 1 dona narxi
         yoki = Ishbay soni × 1000 dona narxi ÷ 1000
  • Jami ishlangan — planshetdagi «Jami ishlangan» (sof + brak + qayta ishlov).
  • Brak ishbaydan ayriladi; qayta ishlovga ketgan son ayrilmaydi.
  • Narx operatsiyaga (kesish, laminatsiya va h.k.) admin tomonidan beriladi: 1 dona uchun yoki 1000 dona uchun. 1 dona narxi berilgan bo‘lsa — u ishlatiladi.
  • Narxi belgilanmagan operatsiya (masalan, dizayn) ishbay bermaydi.

Misol ​

Laminatsiya ishi: sof 20 000, brak 120, qayta ishlov 30. Jami ishlangan 20 150.

Ishbay soni = 20 150 − 120 = 20 030

Agar operatsiya narxi 1000 donaga 40 000 so‘m bo‘lsa:

20 030 × 40 000 ÷ 1000 = 801 200 so‘m

Agar narx 1 donaga 50 so‘m bo‘lsa:

20 030 × 50 = 1 001 500 so‘m

Menejer zakaz bonusi ​

Menejer qabul qilgan har zakazdan bonus oladi:

Bonus = Zakaz summasi × Bonus foizi ÷ 100
  • Bonus foizi — admin sozlamasi, standart 3%.
  • Bonus zakazni bosh menejer tasdiqlagan paytda yoziladi. Bosh menejer summani o‘zgartirib tasdiqlasa — yangi summadan.
  • Bonus birinchi «ochiq» oy oyligiga qo‘shiladi: odatda joriy oy; joriy oy oyligi allaqachon tasdiqlangan bo‘lsa — keyingi oyga.
  • Zakaz bekor qilinsa, hali oylikka o‘tmagan bonus ham bekor bo‘ladi.
  • Boshlang‘ich qarz sifatida kiritilgan zakazlardan bonus yo‘q.

Misol ​

Bosh menejer 12 000 000 so‘mlik zakazni tasdiqladi, foiz 3%:

12 000 000 × 3 ÷ 100 = 360 000 so‘m

Menejer oylik qoralamasida bu summa «Avtomatik bonuslar» qatorida ko‘rinadi. HODIM ilovasida «Zakaz bonusi» kartasida va ADMINISTRATSIYA → «Zakaz bonuslari» da oyma-oy jadval bor.

Avans va qoldiq ​

Avans — oy davomida oldindan berilgan pul. Oylik to‘lanayotganda u ayriladi:

Qoldiq = Hisoblangan oylik − Qo‘llangan avans − To‘langan
  • Avanslar eskisidan boshlab (birinchi berilgani birinchi) ayriladi.
  • Avans oylikdan ko‘p bo‘lsa, ortig‘i ochiq qoladi va keyingi oyga o‘tadi.
  • Qoldiqdan ko‘p to‘lab bo‘lmaydi; qisman to‘lash mumkin.
  • Avans butun oylikni qoplasa, kassadan pul chiqmaydi.

Misol ​

Oktabr oyligi 6 200 000 so‘m. Oy davomida 2 000 000 va 1 500 000 so‘m avans olingan:

Qoldiq = 6 200 000 − (2 000 000 + 1 500 000) = 2 700 000 so‘m

Agar avanslar jami 7 000 000 bo‘lganida edi: oylik to‘liq qoplanadi (qoldiq 0), ortiqcha 800 000 so‘m noyabr oyligidan ayriladi.

To‘lash muddati

Admin «to‘lash oynasi»ni yoqib qo‘yishi mumkin (standart: keyingi oyning 14–16-kunlari). Yoqilgan bo‘lsa, oylik shu kundan oldin to‘lanmaydi. Standart holatda bu cheklov o‘chiq.

Qo‘shimcha ish vaqti ​

Davomatda «qo‘shimcha vaqt» (ish tugash vaqtidan keyin ishlangan daqiqalar) hisoblanadi va HODIM, ADMINISTRATSIYA va hisobotlarda ko‘rinadi. Lekin u oylikka avtomatik qo‘shilmaydi: haq to‘lash kerak bo‘lsa, buxgalter uni qo‘lda bonus sifatida kiritadi. Hisoblanishi — Davomat formulalari.

Qo‘lda bonus va jarima ​

  • Faqat qoralama holatidagi oylikka kiritiladi.
  • Davomat jarimasi avtomatik qo‘llanmaydi — kechikish faqat qayd etiladi, jarimani odam qaror qilib kiritadi.
  • Bonus yoki jarima o‘zgarsa, oylikning yangi versiyasi bo‘ladi va uni qaytadan (boshqa kishi) tasdiqlashi kerak.

Qisqa xulosa ​

SavolJavob
Brak ishbaydan ayriladimi?Ha
Qayta ishlov ishbaydan ayriladimi?Yo‘q
Fiksa oylikli xodimga ishbay qo‘shiladimi?Ha, ishbay bo‘lsa
Menejer bonusi qachon yoziladi?Bosh menejer zakazni tasdiqlaganda
Ortiqcha avans nima bo‘ladi?Keyingi oyga o‘tadi
Qo‘shimcha vaqt pul bo‘lib qo‘shiladimi?Avtomatik emas — buxgalter qo‘lda

M-PRINT — bosmaxona boshqaruv tizimi